Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

SIFATLI TA'LIM-TARBIYA bosh vazifamiz

Joriy yilning 16 mart kuni Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishtirok etib, mustaqil yurtimizda ta'limga, yoshlarga qaratilayotgan ulkan e'tibor, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar hamda xalq ta'limi tizimi xodimlari oldida turgan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi rahbariyati, tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlari mudirlari, ma'naviy-axloqiy tarbiya sho‘basi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Xalq ta'limi vaziri U.Inoyatov bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda xalq ta'limi tizimi xodimlari eng faol kuch sifatida jamiyatdagi islohotlarning mazmun mohiyatini xalq ongiga singdirishi lozimligini ta'kidlab, o‘quvchi-yoshlar ta'lim-tarbiyasida oila, mahalla hamkorligini kuchaytirish, ularning jismonan sog‘lom, ma'nan yetuk avlod bo‘lib kamol topishi yo‘lida barcha imkoniyatlardan samarali foydalanish, tuman, shaharlarda tashkil etilgan tayanch maktablari faoliyatini takomillashtirish, bunda oliy ta'lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni ta'minlash, o‘quv ishlab chiqarish muassasalarining kasb-hunar yo‘nalishlarini hududlarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Videoselektor yig‘ilishida ta'lim muassasalarida bahorgi obodonlashtirish ishlarini namunali tashkil etish, joriy yilning 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hasharini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, o‘quvchilarning bahorgi ta'til kunlarini mazmunli tashkil etish va ichki turizmni rivojlantirish, umumta'lim maktablarining  o‘quvchi-qizlari o‘rtasida “Respublika o‘quvchi-yoshlar sammiti”ni  tashkil etishda hududiy xalq ta'limi  boshqaruv organlarining mas'uliyatini oshirish to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha vazirlik mas'ul xodimlarining axboroti tinglandi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Kiritilgan vaqti: 17/03/2018 12:10;   Ko‘rilganligi: 96
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/sifatli-talim-tarbiya-bosh-vazifamiz
Chop etilgan vaqti: 15/07/2019 21:27
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing