Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

TA'LIM FIDOYILARI RAG‘BATLANTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ​ Sh.Mirziyoevning 2017 yil 27 sentyabrdagi «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, ta'lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari uchun bir guruh o‘qituvchilar davlatimizning faxriy unvon, orden va medallariga sazovor bo‘lishdi. Ular orasida viloyatimiz xalq ta'limi tizimidan quyidagilar bor:

«O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ O‘QITUVCHISI»

GAFAROVA Firuza Djalalovna – Samarqand shahridagi 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi

«FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN» ordeni bilan

BAZAROVA Dilorom Mamatqulovna – Jomboy tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

«DO‘STLIK» ordeni bilan

KIRILLOVA Yelena Nikolayevna – Urgut tumanidagi 54-umumiy o‘rta ta'lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

 «SHUHRAT» medali bilan

ABDIYEVA Muzaffara – Past Darg‘om tumanidagi 28-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internati direktorii

JAMANQULOVA Feruza Esirgapovna – Ishtixon tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta'lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi

 SHUKUROVA Ra'no Bahodirovna – Kattaqo‘rg‘on shahridagi 14-umumiy o‘rta ta'lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi.


Kiritilgan vaqti: 30/09/2017 08:44;   Ko‘rilganligi: 71
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/talim-fidoyilari-ragbatlantirildi
Chop etilgan vaqti: 17/06/2019 20:21
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing