Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

TA'LIM ISLOHOTLARI

Ayni paytda Oqdaryo tumanidagi 41-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Islohotlar samaradorligini ta'minlash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini  oshirish, ta'lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llash ishlarini tashkillashtirish, “Oila-mahalla-maktab-oliy ta'lim” hamkorligini mustahkamlash” pirovard maqsadimiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda. 

"Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik" shiori ostida tashkil etilayotgan mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘i U. Tashkenbayev, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i S. Usmonov va boshqalar viloyat maktablarida ta'lim sifatini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda zamonaviy uslublarni keng qo‘llash, o‘qituvchi bilim va malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratish yuzasidan taklif va tavsiyalarini berishmoqda.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 16:07;   Ko‘rilganligi: 149
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/talim-islohotlari
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 02:48
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing