Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

TA'LIM MUASSASALARIDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA

2018 yil 5 iyul kuni Payariq tumanidagi 79-umumta'lim maktabida Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 155-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta'limi muassasalarini yangi 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha HARAKAT DASTURI” ijrosini ta'minlash maqsadida o‘quv - amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat bo‘limi boshlig‘i M.Bobobekova, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, tuman hokimligi, xalq ta'limi bo‘limi xodimlari, umumiy o‘rta ta'lim maktablari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, fan o‘qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


        Seminarda xalq ta'limi muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv binosining ta'mirlanganligi, sinf xonalarini jihozlash, me'yoriy, o‘quv-uslubiy hujjatlar va o‘quv adabiyotlarini tayyorlash, o‘quv jarayonining pedagogik va metodik ta'minotini shakllantirish, ta'lim jarayoniga AKTni joriy etishni takomillashtirish, ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. 
        Ishtirokchilar dastur doirasida umumta'lim maktabining barcha o‘quv xonalari, fizika, kimyo va biologiya laboratoriya xonalari, maktab kutubxonasi, sport zali va tashqi sport maydonchalari, faollar zali, shuningdek, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, jumladan, isitish qozonlari, yong‘in xavfsizligi burchagi hamda maktab hududining obodonlashtirish holati bilan tanishdilar. 
         Shu mavzudagi seminar tumandagi 5-umumta'lim maktabida ham tashkil etilib, o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 07/07/2018 16:41;   Ko‘rilganligi: 167
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/talim-muassasalarida-yangi-oquv-yiliga-tayyorgarlik-ishlari-qizgin-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 17/09/2019 13:52
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing