Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Ta'lim muassasalarida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi keng nishonlandi

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan joriy yilning 14 fevral kuni buyuk shoir, olim, davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan barcha ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Viloyatdagi barcha ta'lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida “Mushoira kechasi”, “G‘azalxonlik bellashuvi”, “She'rxonlik”, “Donolar bisotidan”, “Bahru bayt” kabi turkum tadbirlar va adabiy kechalar tashkil etildi. Sinflar o‘rtasida “Eng yaxshi devoriy gazeta”, “Bobur asarlari bilimdoni” kabi qator tanlovlar o‘tkazildi. Shuningdek, Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Tadbirlarda xalqimizning boy madaniy merosi, xususan, buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ilmiy-badiiy asarlari jahon ilm-fani, adabiyoti rivojida muhim ahamiyat kasb etganligi ta'kidlandi. Bobur va boburiylar hayoti, ijodiy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘quvchilarga ma'lumotlar berildi. Tadbirlar davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi vakillari, olimlar, shoirlar, SamDU filologiya fakulteti dotsentlari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilib, davra suhbatlari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi. O‘quvchilar tomonidan Bobur hayoti va asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she'riy hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Mazkur tadbirlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar faxriy yorliq va badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.

Oxirgi o‘zgarish: 19/02/2019 08:04;   Ko‘rilganligi: 284
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/talim-muassasalarida-zahiriddin-muhammad-bobur-tavalludining-536-yilligi-keng-nishonlandi
Chop etilgan vaqti: 09/12/2019 10:14
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing