Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

TA'LIM TARAQQIYOTI YO‘LIDA

2018 yil 25 yanvar kuni Samarqand shahridagi harbiy-qurilish yo‘nalishidagi akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining 2018 yil 10 yanvardagi kengaytirilgan yig‘ilishida umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktori lavozimlariga nafaqadagi harbiy xizmatchilarni, direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga xalq ta'limi mutaxassislarini tayinlashni tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriqlarga asosan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda harbiy xizmatdan nafaqaga chiqib, tegishli hududlarda yashayotgan oliy ma'lumotli zaxiradagi ofitserlar tarkibidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktori lavozimlariga munosib nomzodlarni saralash, umumta'lim maktablarining “Chaqiruvga qadar yoshlarni boshlang‘ich tayyorlash” fani o‘qituvchilari lavozimlariga zaxiradagi ofitserlar nomzodlarini shakllantirish masalalari bo‘yicha viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, xalq ta'limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari vakillarining axboroti tinglandi.

Ta'kidlanganidek, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda zudlik bilan o‘rganib, ularni birinchi navbatda oliy harbiy ta'lim muassasalariga mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan maxsus guruhlar mavjud o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga hamda bo‘sh (vakant) hisoblangan kasb-hunar kollejlari direktori lavozimiga tayinlash yuzasidan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markaziga takliflar berish,“Chaqiruvga qadar yoshlarni boshlang‘ich tayyorlash” fani o‘qituvchisi vazifasiga taqdim etilgan nomzodlarni ehtiyoj mavjud bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga ishga qabul qilinishini qat'iy nazoratga olish vazifalari belgilandi.

Shuningdek, mazkur nomzodlarni viloyat xalq ta'limi tizimida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta'lim maktablari hamda vakant hisoblangan umumiy o‘rta ta'lim maktablari direktori, direktor o‘rinbosari yoki vakant hisoblangan maktab direktori lavozimiga tayinlash choralarini ko‘rish, “Chaqiruvga qadar yoshlarni boshlang‘ich tayyorlash” fani o‘qituvchisi vazifasiga taqdim etilgan nomzodlarni ehtiyoj mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta ta'lim maktablariga ishga qabul qilinishini qat'iy nazoratga olish, har oy yakunida zaxiradagi ofitserlarni tegishli lavozimlarga tayinlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tegishli vazirlik va idoralarga ma'lumot taqdim etish vazifalari topshirildi.


Kiritilgan vaqti: 26/01/2018 10:17;   Ko‘rilganligi: 137
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/talim-taraqqiyoti-yolida
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 02:58
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing