Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Ta'limda texnologiyalar: tajriba almashish va strategiyalarni belgilash” mavzusidagi an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati xalq ta'lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida malaka oshirish kurs tinglovchilarining navbatdagi “Ta'limda texnologiyalar: tajriba almashish va strategiyalarni belgilash” mavzusidagi an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani hududiy markaz direktori A.Ibragimov ochib berib, ishtirokchilarga qatnashganlik to‘g‘risidagi sertifikat hamda konferensiya to‘plamlarini taqdim etdi. Unda yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida qabul qilingan 5 ta muhim tashabbusning amalda qanday qo‘llanilayotgani haqida turli maqolalar o‘rin olgan.

Ilmiy-amaliy anjuman davomida umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog va tarbiyachilarining ilg‘or tajribalarini to‘plash, ommalashtirish, o‘zaro tajriba almashish, faollashtirish va kasbiy rivojlantirish masalalariga e'tibor qaratildi.

Konferensiyada ishtirokchilar ta'lim sohasidagi muammolar, ularning yechimlari, darslarga zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar haqida mulohazalarini bayon etdi.

Oxirgi o‘zgarish: 26/10/2019 15:15;   Ko‘rilganligi: 171
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/talimda-texnologiyalar-tajriba-almashish-va-strategiyalarni-belgilash-mavzusidagi-ananaviy-ilmiy-amaliy-konferentsiyasi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 08:39
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing