Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

"TA'LIMGA E'TIBOR-KELAJAKKA E'TIBOR" -Muloqot

Ma'lumki, muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yil 17 iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda xalq ta'limi xodimlarining jamiyatdagi nufuzini oshirish, o‘qituvchining obro‘-e'tiborini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida aniq va muhim ko‘rsatmalar berildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan yaqin 3-4 yil uchun belgilab berilgan ushbu vazifalarni to‘laqonli va sifatli amalga oshirish uchun soha mutaxassislari bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishlari bugunning dolzarb vazifalaridandir.

2018 yil 26 iyul kuni   “Samarqand STV” telekanali orqali efirga uzatilgan “DOLZARB MAVZU” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yuldashev hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i A.Nasimov ishtirokida bevosita o‘tkazilgan muloqot davomida fuqarolardan tushgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.   O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning ijtimoiy nufuzini oshirish, jamiyatda pedagogik faoliyatning obro‘sini yuksaltirish, pedagoglarni yoshlarga namuna va o‘rnak darajasiga ko‘tarish maqsadida kelgusida sohada olib boriladigan islohotlar to‘g‘risida fikr yuritildi.

Shuningdek, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining +99897-288-41-48 telegramm raqami e'lon qilinib, ushbu raqam orqali fuqarolar viloyat xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif, tavsiyalarini yozma ravishda yuborishi, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan yozma murojaat etishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumot berildi.


Kiritilgan vaqti: 05/08/2018 07:58;   Ko‘rilganligi: 206
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/talimga-etibor-kelajakka-etibor-muloqot
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 07:57
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing