Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Toyloq tumanidagi ba'zi umumta'lim maktabi o‘smir qizlari o‘rtasida homiladorlik holati uchragani bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan ma'lumotlarga munosabat

Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Toyloq tuman hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatlari bu borada aniq faktlarga tayangan holda o‘z munosabatlarini bildirishdi.

Toyloq tumanidagi mazkur 5- va 29-umumta'lim maktablaridagi noxush holatlardan kelib chiqqan holda tuman xalq ta'limi bo‘limi huquq-tartibot organlari xodimlari, mahalla faollari va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirokida bir necha bor davra suhbatlari o‘tkazilgan. O‘quvchilarning ta'lim-tarbiyasi uchun mas'ul bo‘lgan pedagog-xodimlar o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilgan. Yuqorida tilga olingan umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda amaliyotchi psixologlariga o‘z faoliyati davomida o‘quvchilar ta'lim-tarbiyasida mas'uliyatsizlik qilganligi uchun jazo chorasi qo‘llanilgan. Bugungi kunda o‘qituvchilar mas'uliyatini oshirish, o‘quvchi qizlar o‘rtasida mutaxassislar ishtirokida “Erta turmushni oldini olish”, “Sog‘lom turmush tarzi” kabi mavzularda davra suhbatlari, tarbiyaviy soatlar tashkil etilmoqda. Toyloq tuman xalq ta'limi bo‘limi

Oxirgi o‘zgarish: 31/01/2020 13:44;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/toyloq-tumanidagi-bazi-umumtalim-maktabi-osmir-qizlari-ortasida-homiladorlik-holati-uchragani-boyicha-ijtimoiy-tarmoqlarda-elon-qilingan-malumotlarga-munosabat
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 07:33
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing