Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

TUMAN HOKIMI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Jomboy tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan “Hokim va yoshlar

uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.



         Jomboy tumani hokimi Umid Nazarov, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Sarvar Boboxo‘jayev, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi Fayoz Suyarov va boshqalar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor, ularning zamontalablariga mos ta'lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashi uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

 
        Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlariga bildirilgan yuksak ishonch va cheksiz g‘amxo‘rliklar uchun minnatdorchiliklarini bildirib, bugungi kunda ularni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha takliflarini aytib o‘tdilar.

 
      Tadbirda ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar qaytarilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.


       Bu kabi tadbirlar viloyatimizdagi barcha tuman (shahar)larda ham tashkil etildi.


Kiritilgan vaqti: 27/06/2018 20:20;   Ko‘rilganligi: 176
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/tuman-hokimi-yoshlar-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 17/09/2019 13:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing