Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Umidli yoshlar – oliy maqsadlar sari

Samarqand shahridagi “Yoshlar” markazida viloyatdagi umumta'lim maktablarining 11-sinflarini a'lo baholarga bitirgan 141 nafar yigit-qizlarga oltin va kumush medallarni tantanali topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.  
Tadbir doirasida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi.

Viloyat hokimligi, xalq ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari R. Qobilov, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Z.Karimov ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni tabrikladilar.
Tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limi mudirlari, tajribali o‘qituvchilar hamda viloyatdagi 1214 ta umumta'lim maktablarining  11-sinf o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda 141 nafar o‘quvchilar 78 ta oltin va 63 ta kumush medallar hamda “Imtiyozli kasb malakasi diplomi” bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, o‘quv yili davomida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan,  Respublika miqyosida “Yilning eng yaxshi psixologi” tanlovida F.Abdurahmonov, “Eng obod maktab” tanlovida Samarqand shahridagi  62-umumta'lim maktabi jamoasi hamda  “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallagan o‘qituvchilarga viloyat xalq ta'limi boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Viloyat “Barkamol avlod” markazi hamda iste'dodli o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan quvnoq kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbiga olam-olam zavq ulashdi.
Tadbirda Samarqand shahar hokimi v.b. B.Obloqulov, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat bo‘limi boshlig‘i R.Yuldashev va hamkor tashkilot vakillari ishtirok etishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 21/06/2019 06:39;   Ko‘rilganligi: 32
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/umidli-yoshlar-oliy-maqsadlar-sari
Chop etilgan vaqti: 15/07/2019 21:36
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing