Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

UMUMJAMOA HISOBIDA VAKILLARIMIZ UCHINCHI

Sirdaryoda Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusining ijrosini ta'minlash maqsadida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘rtasida O‘zbekiston “Yoshlik” JTSJ Markaziy Kengashi sovrini uchun stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida respublika birinchiligi o‘tkazildi.

Musobaqada respublikamizning viloyat va shaharlaridan 56 nafar sportchi ishtirok etdi. Samarqand shahridagi 55-umumta'lim maktabining o‘quvchilari Shohruh Iskandarov, Shahriyor Sirojiddinov, Hulkar Shomurodova hamda Nilufar Abduvaliyevalar viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, shaxsiy birinchilikda Shohruh Iskandarov birinchi, Shahriyor Sirojiddinov esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftlik bahslarida Shohruh va Shahriyor ikkinchi, qiz bolalar o‘rtasida esa Hulkar Shomurodova hamda Nilufar Abduvaliyeva juftligi ham ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida vakillarimiz uchinchi o‘rinni band etdi.
Samarqand viloyati xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 29/01/2020 16:54;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/umumjamoa-hisobida-vakillarimiz-uchinchi
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 02:43
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing