Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Universitet o‘qituvchisi maktabda dars o‘tadi

Samarqand davlat universiteti professor o‘qituvchilari yangi o‘quv yilini yangi tashabbus bilan boshlamoqchi.

Dorilfununda faoliyat ko‘rsatayotgan 430 nafar fan doktori va fan nomzodlari sentyabrdan boshlab har oyda o‘zlari o‘qigan maktablarda dars berishadi.

- Professor yoki dotsentning maktabga tashrifi u yerdagi ijtimoiy muhitga ta'sir qiladi, o‘qituvchi mas'uliyaini, o‘quvchi qiziqishini oshiradi, - deydi SamDU rektori R.Xolmurodov. – Tajribali domla o‘z fani bo‘yicha maktab o‘qituvchisiga saboq beradi, mahorat o‘rgatadi. Bundan tashqari o‘z yo‘nalishida iqtidorli o‘g‘il qizlar bilan shug‘ullanadi.

Boshqa viloyatlardan kelgan o‘qituvchilar ham o‘zlari yashab turgan yoki shogirdlari ishlayotgan o‘rta maktablarni otaliqqa olishdi.

- Agar bu tashabbus boshqa oliy o‘quv yurtlari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlansa, Prezident Sh.Mirziyevning maktab nufuzi va o‘qituvchi obro‘sini oshirish borasidagi ko‘rsatmalarini bajarishga imkon yaratiladi, - deydi viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonov.


Kiritilgan vaqti: 05/09/2019 15:57;   Ko‘rilganligi: 113
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/universitet-oqituvchisi-maktabda-dars-otadi
Chop etilgan vaqti: 07/12/2019 21:22
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing