Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 45-umumta'lim maktabining isitish tizimidagi muammolar yuzasidan internet va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan tanqidiy maqolaga munosabat

Joriy yilning 8 fevral kuni Kun.uz sayti orqali Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 45-umumta'lim maktabidagi isitish tizimi bilan bog‘liq muammolar aks etgan “Isitish zo‘r, termometr buzuq, murojaatchi «tuhmatchi» — Urgutdagi maktab qishni qanday o‘tkazmoqda?” nomli maqola e'lon qilingan edi. Maktabdagi holat yuzasidan ota-onalar tomonidan viloyat hokimining telegram messenjeriga ham murojaat qilingan.

Ta'lim muassasasini isitish tizimi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va bartaraf etish maqsadida Urgut tuman hokimligi va tuman xalq ta'limi bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, mavjud holat o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, haqiqatdan ham 45-umumta'lim maktabida sinfxonalarni isitish bilan bog‘liq muammolar borligiga aniqlik kiritildi. Ba'zi qozonlarning ta'mirtalab ahvolga kelib qolganligi, elektr energiyasidagi uzilishlar muammoning asosiy sababi ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, isitish qozonlari qayta ta'mirdan chiqarildi, foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan bitta havo purkagich yangisiga almashtirildi. Uskunalar soz holatga keltirilgach, sinovdan o‘tkazildi va uch soatda ta'lim muassasasi sinfxonalaridagi harorat me'yor darajasiga yetdi. Urgut tumanidagi shu va boshqa umumta'lim maktablaridagi isitish holati doimiy nazoratga olingan va yuzaga kelgan muammolar bartaraf etilmoqda.

Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limi


Oxirgi o‘zgarish: 24/02/2020 14:18;   Ko‘rilganligi: 48
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/urgut-tuman-xalq-talimi-bolimiga-qarashli-45-umumtalim-maktabining-isitish-tizimidagi-muammolar-yuzasidan-internet-va-ijtimoiy-tarmoqlarda-elon-qilingan-tanqidiy-maqolaga-munosabat
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 07:50
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing