Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

UZLUKSIZ METODIK XIZMATNI TA'MINLASHDA METODISTNING O‘RNI VA VAZIFALARI

2018 yil 15-16 mart kunlari Samarqand shahridagi 13-sonli umumta'lim maktabida Respublika ta'lim markazi direktori Muzaffar Esanov, monitoring bo‘limi boshlig‘i Bahrom Qo‘ziboyev ishtirokida viloyatda metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar yig‘ilishida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev respublikamizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalq farovonligi, yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qaratilayotgan yuksak e'tibor va cheksiz g‘amxo‘rliklar haqida so‘z yuritdi.

Respublika ta'lim markazi direktori Muzaffar Esanov, monitoring bo‘limi boshlig‘i Bahrom Qo‘ziboyev, Samarqand viloyatida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar natijaviyligi, inspektor-metodistlar hamda fan metodistlari faoliyati samaradorligi tahlili va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Umumta'lim maktabi o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirishda tuman, shaharlarda tashkil etilgan tayanch maktablari faoliyati samaradorligini ta'minlash masalalari to‘g‘risida  boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Q. Saidov ma'ruza qildi.  

Yig‘ilishda Samarqand viloyatida ta'lim sohasida erishilgan yutuqlar bilan birga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, uzluksiz metodik xizmatni ta'minlashda tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlari mudirlari va fan metodistlarining o‘rni hamda vazifalari haqida so‘z yuritilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘quv–seminarlarda tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlari metodistlari uchun viloyat xalq ta'limi boshqarmasi metodistlari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Jumladan, “Dolzarb mavzu (metodistlar diagnostikasi natijasida aniqlangan bo‘shliqlar asosida)” bo‘yicha boshqarmaning metodik xizmat bo‘limi boshlig‘i  D. Saydullayeva, “Ta'lim muassasalarida  uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning huquqiy- me'yoriy, tashkiliy-uslubiy va o‘quv-metodik asoslarini takomillashtirish” mavzusida ona tili va adabiyot fani metodisti D.Abdurahmonova,  “O‘qitishning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan samarali metod va shakllari” mavzusida tabiiy fanlar  metodisti B. Nazarov, “Kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning o‘quv natijalarini baholash va ular asosida bo‘shliqlarni aniqlashning xalqaro texnologiyalari” mavzusida rus tili fani metodisti Sh.Marupov, “O‘quvchi va o‘qituvchilarning ehtiyojlari asosida metodik materiallar (dars ishlanma, metodik tavsiya, metodik ko‘rsatma va h.k)ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish usullari” mavzusida  boshlang‘ich ta'lim metodisti  G. O‘rinova, “Metodistning shaxsiy va kasbiy faoliyatida dasturiy axborot maydonini tashkil etish, elektron axborot ta'lim resurslarini qo‘llash va yaratish kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusida aniq fanlar metodisti  O. Xolbo‘tayev, “Umumiy o‘rta ta'limda kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va natijaviyligini monitoring qilishda metodist hamda metodist-inspektorlarning hamkorlik faoliyatini tashkil etish” mavzusida ijtimoiy fanlar metodisti N.Hamroyev ma'ruza qildilar.


Kiritilgan vaqti: 16/03/2018 08:08;   Ko‘rilganligi: 193
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/uzluksiz-metodik-xizmatni-taminlashda-metodistning-orni-va-vazifalari
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 17:43
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing