Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

VILOYAT XALQ TA'LIMI XODIMLARINING ILK VIDEOSELEKTORI O‘TKAZILMOQDA

Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida  shahar va tumanlardagi umumta'lim muassasalarining direktorlari, xalq ta'limi bo‘limlarining mas'ul xodimlari ishtirokida viloyat xalq ta'limi boshqarmasining ilk videoselektori bo‘lib o‘tmoqda. 

Videoselektor sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, pedagog xodimlarga qo‘yilayotgan talablarning barcha umumta'lim maktablarga yetib borishini ta'minlash, muammolarni tizimli ravishda, tezkor hal etish, muassasalar direktorlarining mas'uliyatini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Unda umumta'lim maktablarining ikkinchi toifaga talabgor o‘qituvchilarining attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishi, dastlabki natijalar tanqidiy tahlil etilmoqda. O‘quvchilarning qishgi ta'tilini samarali va mazmunli tashkil etish, umumta'lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 27/12/2019 15:45;   Ko‘rilganligi: 52
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/viloyat-xalq-talimi-xodimlarining-ilk-videoselektori-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 23/02/2020 00:25
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing