Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Viloyatimizda 21 fevral – Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan ommaviy diktant aksiyasi o‘tkazildi

21 fevral – Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan viloyatimizning barcha tuman, shaharlaridagi ta'lim muassasalarida ommaviy diktant aksiyasi o‘tkazildi.

Ma'lumki O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi tomonidan 2018 yilning                       15 mayida tasdiqlangan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi”ga asosan Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 28 maydagi “Xalq ta'limi vazirligining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi” tasdiqlangan edi.

         Mazkur Harakatlar rejasining 7-bandida 21 fevral – Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan vazirlik tasarrufidagi barcha tashkilotlar, ta'lim muassasalarida lotin yozuvida ommaviy diktant olish aksiyasini o‘tkazish vazifalari belgilangan.

         Shu munosabat bilan viloyatimizning barcha tuman, shaharlaridagi ta'lim muassasalarida savodxonlikni oshirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda                   1200 dan ortiq ta'lim muassasalari o‘quvchilari, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 21/02/2019 14:21;   Ko‘rilganligi: 264
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/viloyatimizda-21-fevral-xalqaro-ona-tili-kuni-munosabati-bilan-ommaviy-diktant-aktsiyasi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 23/11/2019 04:34
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing