Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

XALQ TA'LIMI XODIMLARI PREZIDENT NUTQINI O‘RGANMOQDA

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi xodimlari ishtirokida Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitusiya va qonun ustuvorligi — huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir” mavzusidagi ma'ruzasini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, xodimlarga Yurtboshimizning ma'ruzasi o‘qib eshittirildi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i S. Usmonov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari O. Jangirov va boshqalar so‘zga chiqib, ma'ruza yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi. Xususan, unda barcha soha vakillari qatori, xalq ta'limi xodimlarining ham o‘quvchi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitusiya, unga asosan qabul qilingan qonunlarimiz mazmun-mohiyatini o‘qitish va uqtirishda ulkan vazifalar belgilab berilganini ta'kidlashdi.
—Prezidentimiz ma'ruzasida “Konstitusiya va qonun ustuvorligi — farovon hayot garovi” degan tushuncha fuqarolarimizning ongi va qalbida chuqur o‘rin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi lozimligini alohida ta'kidlagan. Bunday muhim tushunchani biz, ta'lim tizimi xodimlari, pedagoglar, avvalambor, farzandlarimizga maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasalaridanoq uqtirib, bu boradagi bilimlarini mustahkamlab borishimiz lozim, — deydi viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonov. — Buning uchun ayni paytda o‘quvchilarimizga puxta huquqiy bilim beradigan, qonunlarimizning hayotimizda tutgan o‘rnini ularning dunyoqarashiga singdira oladigan malakali kadrlarni sohaga ko‘proq jalb etishimiz kerak.
Tadbirda Prezidentimizning ushbu ma'ruzasini barcha tuman va shahar bo‘limlari, umumta'lim maktablarida keng targ‘ib qilish, unda ko‘zda tutilgan ta'lim tizimiga oid muhim vazifalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishib olindi.

Samarqand viloyati xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 12/12/2019 06:51;   Ko‘rilganligi: 97
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/xalq-talimi-xodimlari-prezident-nutqini-organmoqda
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 02:59
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing