Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Xalq ta'limi xodimlarining an'anaviy Avgust kengashlari oldidan

  2018-2019 o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan An'anaviy avgust kengashlari orqali ta'lim muassasalari rahbarlarining mas'uliyati va tashabbuskorligini, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati va mahoratini yanada oshirish, yangi o‘quv yilidagi eng muhim va ustuvor vazifalarni belgilab olish asosiy maqsad etib belgilangan. 

Joriy yil 8-10 avgust kunlari viloyat xalq ta'limi boshqarmasining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 28 iyuldagi “An'anaviy avgust kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 193-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkazilgan Respublika o‘quv-seminarida har bir yo‘nalish bo‘yicha tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlari fan metodistlari, eng tajribali maktab direktorlari, o‘quv ishlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar, ijodkor o‘qituvchilar, jami 750 nafardan ortiq tajribali pedagoglar ishtirok etishdi.
Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan Respublika o‘quv-seminarining yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan taqdimot materiallari elektron variantda barcha tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlariga yetkazildi.


Kiritilgan vaqti: 10/08/2018 12:03;   Ko‘rilganligi: 382
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/xalq-talimi-xodimlarining-ananaviy-avgust-kengashlari-oldidan
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 06:57
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing