Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

XALQARO BAHOLASH DASTURIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR

Samarqand shahridagi 23-umumta'lim maktabida PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish, bu borada o‘qituvchilar malakasini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda umumta'lim maktablari direktorlarining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, boshlang‘ich sinf, aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari, metodistlar ishtirok etdi.

Seminar o‘quvchilarda o‘qish, matematik savodxonlikni oshirish, tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash, ularda fanlar bo‘yicha kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan ochiq darslar bilan boshlandi. O‘qituvchilar hamda PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Abdulla Avloniy nomidagi XTTRMXQTMO institutida malaka oshirib qaytgan metodistlar ochiq darslarni kuzatib, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni kuzatib borishdi. O‘quvchilarning olayotgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash, mantiqiy fikrlash bo‘yicha tushunchalar berishdi.

Shundan so‘ng, Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limi uslubchisi M.Shermatova, 23-umumta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi O.Xoldorov seminarning yalpi yig‘ilishi boshlandi. Unda shahardagi har bir maktab xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko‘rishi lozimligi, o‘quvchilar bilimini baholashda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 06/03/2020 09:02;   Ko‘rilganligi: 46
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/xalqaro-baholash-dasturiga-bagishlangan-seminar
Chop etilgan vaqti: 07/04/2020 22:30
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing