Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Joriy yilning 2 avgust kuni Kattaqo‘rg‘on shahridagi 17-IDUM va 16-umumta'lim maktabi, Nurobod tumanidagi 2 va 10-umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, matematika hamda tabiiy fanlar o‘qituvchilari ishtirokida PISA-2021 Xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi. Seminrada viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi bo‘lim boshliqlari G‘ayrat Boboxolov va Jo‘rabek Ishmurodov o‘qituvchilarga uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar berishdi. 

Seminarlarda umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash va internet jahon axborot tarmog‘iga ulanganlik holati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Tadbir davomida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, tayanch maktablar hamda umumta'lim maktablari rahbarlarining mas'uliyatini oshirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Xuddi shunday seminarlar Paxtachi tumanidagi 17, 43, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 17, 34, Narpay tumanidagi 17, 57, 70-umumta'lim maktablari va ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejida ham o‘tkazildi.

Seminarlar joriy yilning 10 avgustiga qadar barcha tuman, shaharlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Samarqand viloyatidagi tayanch maktablarida PISA, TIMSS, PIRLS dasturlari asosida monitoring qilish maqsadida o‘tkazilayotgan seminar-treninglar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Xalq ta'limi Vazirligining 316-sonli buyrug‘iga asosan tashkil qilinmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 10/08/2019 07:30;   Ko‘rilganligi: 38
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/xalqaro-tadqiqotlarga-tayyorgarlik-korilmoqda
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 17:37
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing