Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Xalqaro tanlovda g‘oliblar safida

2017 yilning 24-29 yanvar kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan V.Kraynev nomidagi II-Xalqaro pianinochilar tanlovining ikkinchi bosqichida Samarqand shahridagi 1-Bolalar musiqa va san'at maktabining fortepiano bo‘limi 5-sinf o‘quvchisi Darya Axtamovaning ishtiroki muvaffaqiyatli bo‘ldi.

Tanlovning birinchi bosqichida berilgan tanlov shartlarini internet tarmog‘i orqali muvaffaqiyatli bajargan iste'dodli o‘quvchi tashkilotchilar tomonidan tanlovning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun taklifnomani qo‘lga kiritdi.

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu tanlovda Koreya, Yaponiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Ukraina kabi 15 ta rivojlangan davlatlari qatorida O‘zbekiston Respublikasidan Samarqand shahridagi 1-Bolalar musiqa va san'at maktabining fortepiano bo‘limi 5-sinf o‘quvchisi Darya Axtamova ishtirok etib, o‘zining yuqori darajadagi ijro mahorati bilan V. Spivakov fondiga a'zo bo‘lib qaytdi.

Ikkinchi bosqich natijalari joriy yilning 1-martida e'lon qilinadi.


Kiritilgan vaqti: 05/02/2017 08:36;   Ko‘rilganligi: 45
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/xalqaro-tanlovda-goliblar-safida
Chop etilgan vaqti: 24/05/2019 20:35
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing