Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Yangi bino foydalanishga topshirildi

Viloyatimizdagi pedagog-xodimlar, faxriy o‘qituvchi va murabbiylarning sog‘ligini tiklash maqsadida 2002 yilda «Ustoz» sihatgohi tashkil qilingan edi. O‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari natijasida «Ustoz» sihatgohi viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan xalq ta'limi xodimlari va faxriy o‘qituvchilarning sevimli maskaniga aylandi.

Jumladan, 2011 yilda «Ustoz» sihatgohining 2 qavatli, 26 o‘ringa mo‘ljallangan yangi, zamonaviy yotoqxona binosi qurilib, foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 2013 yilda yangi davolash binosi ishga tushirildi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki,  2014 yildan boshlab  sihatgohda tabiiy gaz va elektr ta'minoti uzluksizligi ta'minlanib o‘qituvchilarning yil davomida davolanib, dam olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Yaqinda yana bir qulaylik — yangi ikki qavatli, 72 o‘rinli  zamonaviy, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan yotoqxona binosi foydalanishga topshirildi.

2017 yilda ham 150 o‘rinli oshxona binosini qurish va sihatgohda ichimlik suvi ta'minoti tizimini kapital rekonstruksiya qilish  ishlari rejalashtirilgan.

E'tiroflisi, 2002 yilda sihatgohda bir qavatli, qulayliklarga qisman ega bo‘lgan 57 o‘rinli bino dam oluvchilar ixtiyorida bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda zamonaviy, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan 150 o‘rinli bino ular xizmatida.

O‘tgan 2016 yilda ushbu sihatgohda 3691 nafar pedagog xodimlar, faxriy o‘qituvchi va murabbiylar sog‘liqlarini tiklashdi.


Kiritilgan vaqti: 01/02/2017 08:33;   Ko‘rilganligi: 241
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/yangi-bino-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 12/11/2019 12:38
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing