Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Yangi o‘quv yili yangicha kuch-g‘ayrat bilan boshlandi

Bugungi kunda viloyatimizda 1218 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablari, shundan,  10 ta boshqarma tasarrufidagi maxsus maktab, maktab-internatlari faoliyat yuritmoqda.

Barcha ta'lim muassasalarida 2017 yil 2 sentyabr – Bilimlar kuni “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ta'lim-tarbiya sifatini ta'minlash bosh vazifamiz” shiori bilan boshlandi. “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ertalab soat 8:00 da ta'lim muassasalari hovlisining ochiq, soya-salqin joylarida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda 76907 nafar 1-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Mazkur o‘quv yilida viloyatdagi 1094 ta umumta'lim maktablarida tashkil etilgan 1562 ta 10-sinflarda 36712 nafar o‘quvchilar o‘qish istagini bildirishgan.

Viloyatimiz umumta'lim maktablarining 1-10 sinflarida yangi o‘quv yili dars mashg‘ulotlari 293386  nafar boshlang‘ich, ya'ni 1-4-sinflar hamda 327781 nafar yuqori, ya'ni 5-10-sinflar, jami 621167 nafar o‘quvchilar bilan boshlandi.

Barcha ta'lim muassasalarida dastlabki o‘quv mashg‘ulotlari Xalq ta'limi vazirligi tavsiyasi asosida Mustaqillik darslari va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darslari” bilan tashkil etildi.

Umumta'lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilingan jami 76907 nafar 1-sinf o‘quvchilariga o‘quvchi sumkasi va 12 nomdagi o‘quv qurollari hamda 12 nomdagi darsliklardan iborat “Prezident sovg‘asi” to‘liq yetkazib berildi va o‘quvchilarga topshirildi.

Barcha ta'lim muassasalarida Mustaqillik darslarini o‘tishda “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori asosida Prezidentimizning “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”, “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli kitoblarida ilgari surilgan g‘oyalarga alohida  to‘xtalib o‘tildi.


Kiritilgan vaqti: 02/09/2017 14:13;   Ko‘rilganligi: 202
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/yangi-oquv-yili-yangicha-kuch-gayrat-bilan-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 08:16
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing