Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Yangi o‘quv yilidan o‘quvchilar maktabga qanday formada boradi?

Savol:

- Farzandlarimga yangi o‘quv yili uchun maktab formasini xarid qilishda ikkilanib turibman. Maktabda kiyish kerak bo‘lgan aniq bir forma turi yo‘lga qo‘yildimi yoki istagan kiyimni olishimiz mumkinmi?

M.Shamsiyeva,

Samarqand shahri.

Javob:

 - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2019 yil 22 iyunda 208-sonli buyrug‘i hamda Samarqand viloyati hokimining 2019 yil 22 iyunda 183-Q-sonli qarori chiqarildi.

Mazkur qarorga asosan, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasasiga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab esa majburiy qilib belgilandi.

Shuningdek, 2024-2025-o‘quv yiligacha umumiy o‘rta ta'lim maktablarida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi qarori 1-ilovasida berilgan shakllardan tashqari boshqa fasondagi maktab formalarini joriy etish yoki markazlashgan holda xarid qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a'zo bo‘lgan korxonalar tomonidan belgilangan talablarga muvofiq tikilib erkin savdoga chiqarilgan maktab formalarini xarid qilish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari yuklatilgan.

Shu bois ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi fuqarolar o‘quvchilar uchun maktab formasini o‘zboshimchalik bilan xarid qilishlari to‘g‘ri emas. Buning uchun muassasa rahbariyatiga murojaat qilishlari mumkin.

Oxirgi o‘zgarish: 13/08/2019 15:56;   Ko‘rilganligi: 7
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/yangi-oquv-yilidan-oquvchilar-maktabga-qanday-formada-boradi
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 03:01
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing