Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK BUGUNDAN BOSHLANADI

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi apparat yig‘ilishi ana shu dolzarb masalaga bag‘ishlandi. 2018 yil 6 iyun kuni viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda boshqarmaning apparat xodimlari, barcha tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlari mudirlari, bosh muhandislari, ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limlari mas'ullari, kitob bo‘yicha metodistlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 4-iyundagi 02/02-4-2350 sonli “Xalq ta'limi tizimidagi barcha ta'lim muassasalari (jumladan maktab filiallari) xalq ta'limi boshqaruv idoralarining faoliyatini o‘rganish va tizimdagi mavjud muammolarning yechimi yuzasidan takliflar tayyorlash to‘g‘risida”gi topshirig‘i ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning kelgusi ijrosi muhokama etildi.

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi apparat yig‘ilishi ana shu dolzarb masalaga bag‘ishlandi. 2018 yil 6 iyun kuni viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda boshqarmaning apparat xodimlari, barcha tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlari mudirlari, bosh muhandislari, ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limlari mas'ullari, kitob bo‘yicha metodistlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 4-iyundagi 02/02-4-2350 sonli “Xalq ta'limi tizimidagi barcha ta'lim muassasalari (jumladan maktab filiallari) xalq ta'limi boshqaruv idoralarining faoliyatini o‘rganish va tizimdagi mavjud muammolarning yechimi yuzasidan takliflar tayyorlash to‘g‘risida”gi topshirig‘i ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning kelgusi ijrosi muhokama etildi. Yig‘ilishda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yuldashev hamda viloyat prokurori katta yordamchisi M.Ayupovlar yig‘ilish ishtirokchilariga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, tayanch maktablar faoliyatini o‘rganish va umumlashtirish, 19-23 iyun kunlari Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan fizika va astronomiya fanlaridan xalqaro olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish, yozgi ta'til davrida umumta'lim maktablarida to‘garaklar faoliyatini yanada rivojlantirish, yozgi oromgohlarda xavfsizlik va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish kabi dolzarb masalalar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdilar. Yig‘ilishda shuningdek, Xalq ta'limi vazirligining joriy yil 31 maydagi 02/2-2290-sonli “Ta'lim muassasalari va hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralari reytingini aniqlash ko‘rsatkichlarini shakllantirish to‘g‘risida”gi xati ijrosi, kunduzgi va doimiy yozgi oromgohlarning mavsumga shayligi, mavsum davomida yozgi oromgohlar mutasaddilari mas'uliyatini yanada oshirish yuzasidan ham tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Oxirgi o‘zgarish: 27/06/2018 02:20;   Ko‘rilganligi: 89
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/yangi-oquv-yiliga-tayyorgarlik-bugundan-boshlanadi
Chop etilgan vaqti: 15/07/2019 21:30
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing