Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Yulduzdek porlayver, Sitora!

Samarqand shahridagi 30-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Sitora Xudoyberdiyeva 2013 yilda Bilimlar bellashuvining respublika bosqichida faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgandi. 8-sinfdaligida esa respublika miqyosida uchinchi o‘rinni egalladi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan umumta'lim fanlari olimpiadasining viloyat  bos­qichida biologiya fanidan qatnashib, 87,6 ball bilan 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 

— O‘quvchilarim orasidan shunday iqtidorli shogird yetishib chiqayotganligidan dilimda faxr tuyaman, — deydi biologiya fani o‘qituvchisi Nilufar Qo‘chqorova. — Sitora tirish­qoq, izlanuvchan qiz. Berilgan topshiriqni tezda ilg‘ab oladi. O‘tilgan dars­larga qanoat qilmay qo‘shimcha adabiyotlar izlaydi. «Botanika olamiga sayohat» deb nomlangan to‘garak mashg‘ulotida ham faol. Har bir mashg‘ulotga biror mavzuni o‘rganib keladi va tengdoshlariga gapirib beradi.

Sitora bilan suhbatlashar ekanmiz, u bizga badiiy adabiyotlar mutolaa qilishini, yaqinda Odil Yoqubovning «Ko‘hna dunyo», Martin Larnining «Zo‘raki muttaham yoxud to‘rtinchi umurtqa» asarlarini o‘qib chiqqanligini, she'rlar mashq qilib turishini, she'r­lari «Bulbulcha» gazetasida va «Mahorat» jurnalida chop etilganligini gapirib berdi. Biz ham Sitora Xudoyberdiyevaning kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Kiritilgan vaqti: 21/04/2017 15:40;   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/yulduzdek-porlayver-sitora
Chop etilgan vaqti: 21/04/2019 01:39
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing