Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

YUQORI SINF O‘QUVCHILARIGA FAN TANLASH IMKONIYATI BERILADI

alq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rta maktablarning 10-11-sinflarida uchinchi chorakdan boshlab fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitila boshlanadi. Tajriba sinov 2019-2020 o‘quv yili yakuniga qadar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi tizim o‘quvchilarga maktabning o‘zida oliy ta'lim muassasasiga kirish imtihoniga tayyorlanishi uchun imkoniyat yaratib, repetitorga ehtiyojini kamaytiradi. Shuningdek, o‘quvchilarning vaqti tejaladi. Natijada ota-onalarning repetitorga sarflayotgan mablag‘i tejalib, kam ta'minlangan oila farzandlari uchun ham OTMga bepul tayyorgarlik ko‘rishga imkon yaratiladi.

Vazirlik tanlov sinfini tashkil etish uchun besh yo‘nalish:
1. Xorijiy til va filologiya yo‘nalishi, moliya;
2. Iqtisod yo‘nalishi;
3. Texnologiya yo‘nalishi;
4. Tabiiy fanlar yo‘nalishi;
5. Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish kabilarni taklif etgan.

“Variativ o‘quv rejalarining joriy etilishi natijasida 10- va 11-sinflar o‘quvchilari o‘qiydigan majburiy fanlar soni 15 tadan 8 taga kamayadi. Mazkur o‘quv rejasini tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayonida ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili/rus tili, chet tili, tarix, matematika, informatika, ma'naviyat asoslari (tarbiya), jismoniy tarbiya fanlari majburiy o‘qitiladi. Mazkur majburiy fanlarga ajratilgan soatlarning miqdori tayanch o‘quv rejada belgilangan miqdordan (10-sinfda jami 19 soatdan, 11-sinfda 19,5 soatdan) kam bo‘lmasligi lozim”, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zA


Oxirgi o‘zgarish: 03/01/2020 12:32;   Ko‘rilganligi: 105
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/yuqori-sinf-oquvchilariga-fan-tanlash-imkoniyati-beriladi
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:03
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing