Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

ZARINA XALQARO TURNIR G‘OLIBI

Yaqinda Toshkent shahrida o‘tkazilgan sportning ashixara karate turi boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Kattaqo‘rg‘on shahridagi 14-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Zarina Normurodova -55 kg vazn toifasida gilamga chiqib, chempion bo‘ldi.
O‘rta Osiyo mamlakatlaridan 750 nafar sportchi yoshlar qatnashgan ushbu musobaqada Zarina navoiylik hamda qozog‘istonlik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Maktabda chempionni kutib olishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Kattaqo‘rg‘on shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari ham qatnashib, Zarinaning kelgusidagi yuqori natijalariga muvaffaqiyat tilashdi.
Hoshimjon ZOKIROV,
Kattaqo‘rg‘on SHXTB sho‘ba mudiri

Oxirgi o‘zgarish: 22/11/2019 09:06;   Ko‘rilganligi: 136
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/zarina-xalqaro-turnir-golibi
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 02:45
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing