Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

ZUKKO VA BILIMDON YOSHLAR POYTAXTGA SYOYOHAT QILISHDI

Samarqand viloyatidagi umumta'lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim muassasalarining talabalari ishtirokida o‘tkazilgan “Konstitusiya bilimdoni” tanlovi g‘oliblari, saylov jarayonlarida hamda Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida faol targ‘ibotini olib borgan 50 nafar yoshlarning Toshkent shahriga sayohati amalga oshirildi.

Dastlab, yoshlar Toshkent yuridik universitetida bo‘lishib, mazkur ta'lim muassasasidagi talabalarga yaratib berilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosida “Konstitusiya yoshlar nigohida” shiori ostida Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qo‘mita raislari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari jumladan, J.Abdujalilov, I.Ilxomjonov, O.Abduazimovlar ishtirok etib, yoshlarga mamlakatimiz Asosiy qonunining afzalliklari shuningdek, Oliy Majlisdagi yoshlar komissiyasi, yoshlar klubi to‘g‘risida hamda qonunchilikda yoshlarning ishtiroki yuzasidan atroflicha ma'lumot berishdi. Tadbirlar doirasida yoshlar O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov muzeyida bo‘lishdi. Loyiha yakunida samarqandlik yoshlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida tashkil etilgan maxsus ekspanatlardan iborat muzeyni tomosha qildi. Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas'ul xodimlari ishtirokida “Yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan dolzarb masalalar” mavzusida ochiq muloqot tashkil qilindi. Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Oxirgi o‘zgarish: 12/12/2019 06:40;   Ko‘rilganligi: 102
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/zukko-va-bilimdon-yoshlar-poytaxtga-sayohat-qilishdi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 06:45
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing