Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

MAKTABGA NEMIS FAYLASUFI VILXELM FON XUMBOLDT NOMI BERILDI (VILGELM FON GUMBOLDT)

Bugun, 2019 yil 16yanvar kuni Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari S.Babaxadjayev, Germaniyaning xorijdagi maktablari Markaziy boshqarmasi rahbari Barbara Damboldt Samarqand shahridagi 51-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga tashrif buyurishadi.

Vilxelm fon Xumboldt –nemis filologi, faylasufi, tilshunoslik fanining asoschilaridan biri, davlat arbobi, diplomat. Prussiyada gimnaziya ta'limining islohotlarini amalga oshirgan. 1809-yilda Berlinda Universitet tashkil qilgan.

      Samarqand shahridagi 51-IDUMga taniqli nemis faylasufi Vilxelm fon Xumboldt nomini berish maqsadida tashrif buyurgan mehmonlarni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimligi va xalq ta'limi boshqarmasi rahbariyati kutib olishadi.

      Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, Samarqand shahridagi nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 1965-yilda tashkil etilgan, 1177 o‘rinli. Quvvatiga nisbatan koeffitsiyenti 1,9. Maktab direktori Karimova Zulxumor Shavkatovna.

O‘quv kabinetlari soni 41 ta. Sinflar soni 64 ta bo‘lib, shundan, 30 ta o‘zbek va 34 ta rus sinflarida                          1-smenada 1200 nafar, 2-smenada 1060 nafar, jami 2260 nafar o‘quvchi ta'lim-tarbiya olmoqda.

         Pedagog xodimlar soni 115 nafar – hammasi oliy ma'lumotli.

        O‘qituvchilarning 6 nafari oliy, 12 nafari birinchi, 42 nafari ikkinchi va 55 nafari mutaxassis toifasiga ega.

2001-yilda maktab nemis tili chuqur o‘rganiladigan maktabga aylantirildi.

Mehmonlarni 51-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida viloyat hokimligi, xalq ta'limi boshqarmasi rahbariyati, maktab direktori, o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari qo‘llarida Sharq shirinliklari bilan nemis tilidagi salomlashuv bilan kutib olishadi.

O‘zbekiston va Germaniya Federativ Respublikasining bayroqlari ilingan maktab hovlisida o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limi xodimlari to‘planishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari S.Boboxo‘jayev, Germaniyaning xorijdagi maktablari Markaziy boshqarmasi rahbari Barbara Damboldt so‘zga chiqdi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga, o‘qituvchi-murabbiylarga berilayotgan yuksak e'tibor va g‘amxo‘rliklar, ularning jahondagi tengdoshlari bilan bemalol bahslasha oladigan, mustaqil fikrli avlod bo‘lib kamolga yetishi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritiladi.

Mehmonlar tadbir ishtirokchilari va o‘quvchilar bilan esdalik uchun rasmga tushadilar.

Shundan so‘ng mehmonlar ta'lim muassasasi faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishadilar.

Mehmonlar Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimligi va xalq ta'limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan kuzatib qo‘yildi.

Kiritilgan vaqti: 20/01/2019 09:33;   Ko‘rilganligi: 216
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/press-releases/maktabga-nemis-faylasufi-vilxelm-fon-xumboldt-nomi-berildi-vilgelm-fon-gumboldt
Chop etilgan vaqti: 21/11/2019 11:24
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing