Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yuldashev ishtirokida xalq ta'limi tizimida o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish jarayoniga bag‘ishlangan MATBUOT ANJUMANI

Samarqand shahri, 2018 yil 5 iyun Samarqand shahrida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yuldashev ishtirokida xalq ta'limi tizimida o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish jarayoniga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yuldashev matbuot anjumani kun tartibidagi mavzu yuzasidan ma'lumot berdi. Bugungi kunda viloyatda jami 1228 ta ta'lim muassasalari mavjud bo‘lib, shundan, 1200 ta umumta'lim maktabi, 9 ta maxsus maktab-internat, 2 ta Mehribonlik uyi, 17 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyat yuritmoqda. O‘qituvchilar soni 46066 nafarni tashkil etib, shundan, 36964 nafari oliy (80, 24 foizi), 9099 nafari (19,75 foizi) o‘rta maxsus va 3 nafari (0, 01 foizi ) tugallanmagan oliy ma'lumotli o‘qituvchilardan iborat. O‘qituvchilarning 978 nafari (2,1 foizi) oliy, 4915 nafari (10,7 foizi) birinchi, 14555 nafari (31, 6 foizi) ikkinchi va 25618 nafari (55,6 foizi) mutaxassis toifasiga ega. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi 1209 ta umumta'lim maktablarida 611399 nafar o‘quvchi ta'lim-tarbiya olmoqda. Shu jumladan, mazkur o‘quv yilida umumta'lim maktablarining 9-sinfini 56757 nafar o‘quvchi yakunladi. 2018-2019 o‘quv yilida viloyat bo‘yicha umumta'lim maktablariga jami 79719 nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilinishi kutilmoqda. Investitsiya dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yilgi infrotuzilma va investitsiya loyihalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3507-sonli qarori asosida 2018 yilda viloyatdagi 41 ta maktablarda, shundan, 1 ta yangi qurilish, 27 ta rekonstruksiya va 13 ta mukammal ta'mirlash ishlariga jami 78,171 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilgan. 2018 yilda viloyat bo‘yicha jami 29 ta umumta'lim maktablari (25 ta kapital rekonstruksiya, 4 ta kapital ta'mirlash) uchun 40,890 mlrd.so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga viloyatdagi 32 ta (31 tasi 12x24 va 1 tasi 9x18) maktablarga sport zallar qurilishi uchun 31.070 mlrd.so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 10-sinflar, o‘quv ishlab chiqarish muassasalari faoliyati Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilariga ta'lim berish bilan birga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etmaydigan kasb-hunar o‘rgatishga yo‘naltirilgan kasbiy ta'lim jarayonlarini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 5 sentyabrdagi №286-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 10-sinf o‘quvchilariga O‘ICHM (O‘quv-ishlab chiqarish majmualar)larida jami 40 ta kasblar yo‘nalishida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi №868-sonli ”Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda Samarqand viloyat hokimining 2017 yil 28 oktyabrdagi № 647-Q-sonli, Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi №341-sonli buyrug‘i asosida asosida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari to‘liq shakllantirildi. Viloyatda 124 ta kasb-hunar kollejlarida hamda 58 ta uzoq tog‘li-cho‘l hududlarda joylashgan umumta'lim maktablari va maxsus maktab, maktab- internatlarida jami 30216 nafar 10-sinf o‘quvchilari 32 ta yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnashmoqda. 11 sinfni tamomlagandan so‘ng o‘quvchilarga mutaxassisligi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom beriladi. O‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish Muhtaram Prezidentimizning hududlarga tashriflari davomida ta'lim tizimiga oid berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilarining metod kunlarida ularga muntazam ravishda amaliy-metodik yordam ko‘rsatib borish, pedagogik mahoratini va kasbiy malakasini oshirib borish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini dars jarayonlariga tatbiq etish, doimiy harakatdagi o‘quv seminarlar o‘tkazib borishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 6 yanvardagi 6-sonli buyrug‘i asosida viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2018 yil 7 yanvardagi “Aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 7-b-sonli buyrug‘i tasdiqlangan. Ushbu buyruqda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha barcha tuman (shahar)larda umumta'lim maktablarining joylashuvi, ularda yaratilgan shart-sharoitlar fan o‘qituvchilarning sonidan kelib chiqib, aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fan yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktablari tashkil etildi. Unga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 261 ta tayanch maktablar ularda jami 723 ta guruhlar tashkil etildi. Yuqoridagi 261 ta tayanch maktablaridagi 723 ta guruhlarning har birida 30-35 nafargacha o‘qituvchilar ro‘yxati shakllantirildi. Viloyatdagi 261 ta tayanch maktablaridagi 723 ta guruhlarda (SamDU bilan hamkorlikda) jami 1286 nafar trener o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Respublika ta'lim markazi tomonidan fevral-mart oylarida aniq va tabiiy, gumanitar va filologiyalari yo‘nalishida video-seminar o‘quvlari o‘tkazilib, seminar materiallari tuman (shahar) fan metodistlari tomonidan viloyatdagi 261 ta tayanch maktablari trener o‘qituvchilari va fan o‘qituvchilariga yetkazib berildi. Joriy yilning 4-14 iyun kunlari Respublika ta'lim markazi tomonidan tayyorlangan on-layn test orqali barcha fanlar kesimida tayanch maktablar o‘qituvchilarining mashg‘ulotlar davomida olgan bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 1 martidan boshlab umumta'lim maktablarining 1-sinflarida 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tildi. Yangi o‘quv yilidan boshlab 1-4 sinflarning barchasida 5 kunlik o‘qish tizimi joriy etiladi. 2018 yil 19-23 iyun kunlari Samarqand shahrida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlaridan o‘tkaziladigan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Ushbu nufuzli tanlovda Bulung‘ur tumanidagi 6-umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Bekzod Ashurov saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan. AKT bilan ta'minlanish Bugungi kunda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi ta'lim muassasasalarida 1008 nafar oliy ma'lumotli informatika fani o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda. Shundan, 7 nafari (0,7 foiz) oliy, 70 nafari (6,9 foiz) birinchi, 328 nafari (32,5 foizi) ikkinchi va 603 nafari (59,8 foiz) mutaxassis toifasiga ega o‘qituvchilarni tashkil etadi. 2018 yilda viloyatdagi 67 ta ta'lim muassasalari Ta'limda Global Hamkorlik granti bo‘yicha 1018 to‘plam elektron doska va kompyuter texnikasi bilan ta'minlangan. Shuningdek, “5-9 sinf o‘quvchilarining informatika va chet tili fanlaridan ta'lim sifatini oshirish” loyihasi doirasida joriy yilda yana 185 to‘plam kompyuter texnikasi bilan ta'minlanmoqda. Innovatsion olimpiada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanishida ham pedagoglarga farzandlar ta'lim-tarbiyasiga yanada mas'uliyat bilan yondashish, ota-onalar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barobarida ularni zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, Vatanga fidoyi, sodiq insonlar etib tarbiyalashdek mas'uliyatli va sharafli vazifa yuklatilgan. 2018 yilning 13, 14, 15 aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 9 apreldagi 90-sonli buyrug‘iga asosan fizika fanidan o‘tkazilgan iqtidorli o‘quvchilar innovatsion olimpiadasining respublika bosqichida barcha viloyatlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 56 nafar 8-9-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, ushbu tanlovda viloyatimiz jamoasi 3 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahar 11-IDUM 9-sinf o‘quvchisi Yusupov Meronshox 1-o‘rinni, Samarqand shahar 1-IDUM 10-sinf o‘quvchisi Qilichov Mirkamol 1-o‘rinni, Samarqand shahar 1-IDUM 8-sinf o‘quvchisi G‘ulomov Ibroxim 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, innovatsion olimpiadaning viloyat bosqichida matematika, informatika, kimyo, biologiya, tarix fanlaridan g‘oliblikni egallagan 39 nafar iqtidorli o‘quvchilarimiz innovatsion olimpiadaning respublika bosqichiga yo‘llanma olib, 13 nafar o‘quvchi olimpiadaning respublika bosqichida g‘olib deb topildi. Darsliklar ta'minoti 2017-2018 o‘quv yilida 297 nomdagi 1-, 4-, 6-, 7- va 10-sinf jami 4073634 nusxa darsliklar umumta'lim maktablariga yetkazildi. 2018-2019 o‘quv yilida 1-, 2-, 11-sinflari uchun jami 3297598 dona darsliklarga buyurtmalar shakllantirilgan. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi ta'lim muasssasalarida “2018 yil iyun-iyul oylari jismoniy jihatdan yaroqsiz holatga kelgan va yo‘qotilgan darsliklarning to‘plamini butlash hamda qayta taqsimoti oyligi” deb elon qilingan bo‘lib, yangi o‘quv yilida umumta'lim maktabi o‘quvchilarini darsliklar bilan to‘liq ta'minlash maqsadida joylarda kutubxonachilar bilan semenarlar tashkil etilmoqda. Yozgi oromgohlarning mavsumga tayyorligi 2018 yil yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida viloyatda jami 78 ta yozgi dam olish oromgohlari, shundan, 23 ta doimiy oromgohda 9 630 nafar, 55 ta kunduzgi oromgohlarda 11500 nafar, jami 21 130 nafar bolalar dam olishi rejalashtirilgan bo‘lib, 55 ta kunduzgi oromgohning barchasi umumta'lim maktablarida tashkil etildi. 23 ta doimiy oromgohlarning 13 tasi tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlariga qarashli bo‘lib, ularda jami 412 nafar pedagoglar faoliyat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Jumladan, 5 nafar bosh yetakchi, 23 nafar bosh tarbiyachi, 91 nafar guruh yetakchisi, 118 nafar guruh tarbiyachisi, 23 nafar musiqa rahbari, 27 nafar sport murabbiysi, 102 nafar to‘garak rahbari, 23 nafar kutubxonachilardir. 412 nafar pedagog xodimlar uchun 2018 yilning 4-8 may kunlari viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazida qisqa muddatli o‘quv kurslar tashkil etildi va ularga maxsus o‘quv-kursni tugatganligi bo‘yicha ma'lumotnoma berildi. Viloyat hokimining 2018 yil 23 fevraldagi 133-F-sonli farmoyishida yoz mavsumi davomida kunduzgi oromgohlarda bolalarning bir kunlik o‘rtacha ovqatlanish puli 3600 so‘mni, bir nafar bola uchun amalga oshiriladigan to‘lov miqdori homiylar hisobidan 2700 so‘m (75%), ota-onalar tomonidan 900 so‘m (25%) etib belgilash bo‘yicha hamda kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlarining bir bola uchun 10 kunlik oziq-ovqat me'yori hamda kunduzgi oromgohning kundalik faoliyati soat 08.30 dan 14.00 gacha etib belgilangan. Doimiy va kunduzgi oromgohlarga jalb qilinmagan o‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Markaziy apparat majlisining 2018 yil 15 maydagi 4-sonli bayoni bilan maktabdan tashqari va umumta'lim maktablarida “Yoz konsepsiyasi” faoliyat ko‘rsatishi belgilangan. “Yoz konsepsiyasi” doirasida Barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablari qoshida sog‘lomlashtirish maydonchalari, “Barkamol avlod” bolalar markazlarida qiziqishlar bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari va tuman (shahar) axborot-resurs markazlarida kitobxonlik mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Ta'lim muassasalarida madaniy – ma'rifiy va sport tadbirlari joriy yil 15 iyundan 15 avgustigacha haftaning dushanba-juma kunlari davomida o‘quvchilar yoshiga muvofiq tartibda tashkil etiladi. Ta'lim muassasalarida belgilangan vaqtlarda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda davra suhbatlari, o‘yinlar, viktorinalar, sport musobaqalari, kitobxonlik bahslari, ingliz tili saboqlari, musiqa to‘garagi kabi turli tadbirlar tashkil etiladi. Yozgi ta'til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan barcha madaniy-ma'rifiy va sport tadbirlariga jalb etiladi. To‘garaklar faoliyati Umumta'lim maktablaridagi fan to‘garaklariga 252927 nafar, sport to‘garaklariga 118055 nafar, musiqa to‘garaklariga 6294 nafar o‘quvchilar jalb qilingan. O‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tuman, shaharlardan olingan ma'lumotlarga asosan bugungi kunda viloyatda jami 611399 nafar o‘quvchilarning 512732 nafari (83,8%) to‘garaklarga jalb etilgan. Jumladan, “Barkamol avlod” bolalar markazlarida 13255 nafar (2,2%), Bolalar musiqa va san'at maktablarida 7137 nafar (1,2%), Bolalar va o‘smirlar sport maktabidagi 29337 nafar (4,8%), Maktabdagi fan to‘garaklarida 463003 nafar (75,6%) bolalar jalb qilingan. O‘quvchilarni badiiy adabiyot o‘qishga qiziqtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar Viloyatdagi jami 137 ta, shundan boshqarma tasarrufida 1 ta, tuman, shaharlarda 16 ta va umumta'lim maktablarida 120 ta ARM hamda umumta'lim maktablaridagi 1088 ta kutubxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda viloyatdagi axborot-kutubxonalarda jami kitob fondi 1.689.056 donani tashkil etib, shundan, 589.053 tasi axborot-resurs markazlarida, 1.100.003 donasi maktab kutubxonalari hisobiga to‘g‘ri keladi. 1.689.056 dona badiiy adabiyotning 590.875 tasi bolalar, 585.585 tasi badiiy, 203.808 tasi o‘quv-metodik, 256.943 tasi siyosiy-iqtisodiy, 51.845 tasi ma'lumotnoma va lo‘g‘at ko‘rinishdagi adabiyotlardir. Axborot-resurs markazlari o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichida faxrli o‘rinlar qo‘lga kiritildi. “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida Narpay tumanidagi 17-umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mohiniso Shomurodova faxrli 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi - “SPARK” avtomashinasi bilan taqdirlandi. Viloyatdagi barcha axborot-kutubxona muassasalarida “Kitobxonlar bayrami” doirasida 2018 yilning 10 martidan 10 apreligacha “Bir farzandga-uch kitob” aksiyasi, “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Xuddi shuningdek, har oyning oxirgi shanba kuni viloyatdagi umumta'lim muassasalarida o‘tkazilayotgan “Kitob taqdimoti” tadbirlariga ham yozuvchi-shoirlar taklif etilmoqda. . Davlat mukofotlari O‘tgan o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ish reja, sohalar bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi, qaror va buyruqlar asosida viloyatimiz xalq ta'limi tizimida ham bir qator ishlar olib borilib, ko‘plab yutuqlarga erishildi. Fidokorona mehnatlari, xalq ta'limi sohasidagi yutuqlari uchun bugungi kunga qadar 373 nafar tajribali o‘qituvchi va murabbiylarimiz davlatimizning yuksak orden va medallariga sazovor bo‘lishdi. Jumladan, 2017 yilda 6 nafar xalq ta'limi xodimlari davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlandi. Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun: Telefon: (0366) 233-63-03 Web-site: pastdargom.xtb.uz, E-mail: samarqand_vxtb@xtv.uz Mas'ul: Dilorom Abdurahmonova (93)996-61-28

Kiritilgan vaqti: 04/06/2018 16:46;   Ko‘rilganligi: 150
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/press-releases/viloyat-xalq-talimi-boshqarmasi-boshligi-ryuldashev-ishtirokida-xalq-talimi-tizimida-oquv-tarbiya-jarayoniga-ilgor-pedagogik-va-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalarini-samarali-joriy-etish-jarayoniga-bagishlangan-matbuot-anjumani
Chop etilgan vaqti: 23/07/2019 08:26
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing