Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“Xalq ta'limi” jurnali

“Xalq ta'limi” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining ilmiy-metodik jurnali bo‘lib u 1918 yil dekabr oyidan chiqa boshlagan. Jurnal O‘zMAA tomonidan 2013-yil 4-martda qaytadan ro‘yxatga olinib, 0104-raqamli guvohnoma berilgan.

“Xalq ta'limi” jurnali bugungi kunda maktabgacha, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi, oliy va oliy ta'limdan keyingi ta'lim, malaka oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim  tizimining ilmiy, nazariy asoslarini, ta'lim texnologiyalari, mamlakatimiz va xorijiy ta'lim sohasidagi yangiliklarni xolis va haqqoniy tarzda yorituvchi  nashrlardan biridir. 

Jurnalda mamlakatimizda ta'lim tizimiga oid qabul qilinayotgan huquqiy-me'yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini hamda xalq ta'limining buguni va istiqbolini ifoda etuvchi ilmiy asoslangan tahliliy maqolalar berib borish ham ko‘zda tutilgan.  Shuningdek, o‘qitishning ilg‘or tajribalarini targ‘ib etish, sohadagi ijobiy yutuqlarni umumlashtirish va ommalashtirish, tadqiqotchilarning pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlari natijalari, o‘qitish metodikasiga doir yangiliklar, ilmiy maqolalar bilan ko‘p ming sonli jurnalxonlarni tanishtirib borishda tahririyat o‘z oldiga aniq maqsadlarni belgilab oldi.

“Xalq ta'limi” jurnalini pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan ilmiy maqolalar e'lon qilishi zarur bo‘lgan jurnallar ro‘yxatiga kiritish rejalashtirilgan. Shu bois, jurnalga taqdim etilayotgan ilmiy-metodik maqolalarda o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi annotatsiya, tayanch tushunchalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati berilishi hamda mutaxassislarning ichki va tashqi taqrizi bo‘lishi shartligini jurnalxonlarga ma'lum qilamiz. Yendi siz tahririyatga oid barcha yangiliklarni jurnalimizning yangilangan www.xtjurnal.zn.uz saytiga mobil aloqa vositalari orqali ham kirib, o‘zingizga kerakli  ma'lumotlarni olishingiz mumkin. 


Bosh muharrir: Sarvar Maxmudov
Bosh muharrir o‘rinbosari: 
Obuna indeksi: 904, ilovasi indeksi 924
Tahririyat manzili: 100129. Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30.
Telefon: 0 (371) 239-27-13, 
Faks: 0 (371) 239-27-14. 
Email: xalq_talimi@xtv.uz


Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 07:51;   Ko‘rilganligi: 180
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/publications/xalq-talimi
Chop etilgan vaqti: 23/07/2019 08:57
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing