Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – amalda

2017 yil 7 noyabr kuni Samarqand shahridagi 3-son Bolalar musiqa va san'at  maktabining faollar zalida Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi hamda «Profilaktika kuni» doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda  olib borilayotgan ishlar bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari B.Rahmatullayev, Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limi mudiri X.Hojiqulov, shahar prokurori yordamchisi Z. Hamdamov, Samarqand viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Sh.Xolboyev, shahar «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi F.Xidirov, bo‘limning ma'naviy-axloqiy tarbiya sho‘basi rahbari Z.Boliqulova, umumiy o‘rta ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari, «Barkamol avlod» markazlarining rahbarlari ishtirok etishdi.

Amaliy seminarda kun tartibiga kiritilgan «Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa», «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ-419-sonli Qonuni to‘g‘risida», «Korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb vazifalari hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2017 yil 3 oktyabrdagi «Xalq ta'limi boshqarmasining odob-axloq komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 254-sonli buyrug‘iga asosan 2017 yil  1 noyabrdagi  330-sonli buyrug‘i ijrosi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 fevral kuni «Ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalar»ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hamda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida profilaktika inspektorlari va mahalla faollari hamkorligida «Profilaktika kuni» doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida», «Voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, nazoratsizlik, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlarining oldini olishda ta'lim muassasalarining tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlarining samaradorligi to‘g‘risida», «O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri va mazmunli tashkil etish maqsadida ularni fan, ijodiy va sport to‘garaklari hamda maktabdan tashqari to‘garaklarga jalb etish» mavzularida ma'ruzachilarning axboroti tinglandi. Barcha ta'lim muassasalari rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ-419-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot  ishlarini muntazam olib borish,  mansabni suiste'mol qilmaslik, ta'magirlikka yo‘l qo‘ymaslik   yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish, bir xafta muddatda ushbu yig‘ilish qarorida ko‘rilgan masalalar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb vazifalari hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2017 yil 3 oktyabrdagi «Xalq ta'limi boshqarmasining odob-axloq komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 254-sonli buyrug‘iga asosan bo‘limning 2017 yil  1 noyabrdagi  330-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan ta'lim muassasalarida yig‘ilishlar o‘tkazib, tegishli chora-tadbirlar belgilash, odob-axloq komissiyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha aniq va maqsadli chora-tadbirlar belgilash, maktab nizomini  ishlab chiqish, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida profilaktika inspektorlari va mahalla faollari hamkorligida «Profilaktika kuni» doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini hamda ta'til vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli to‘garaklarga jalb etish, o‘quv davrida o‘quvchilarning darsga qatnashishi bo‘yicha har kunlik davomatni tahlil qilish, sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlarini olib borish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning “Odob-axloq qoidalari” bilan tanishtirish va rioya qilishlarini ta'minlash, ta'lim muassasalarida o‘quvchi va o‘qituvchilarning belgilangan maktab formasida kelishlarini nazoratga olish, o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi va shaxsiy gigiyenik holatlarini nazorat qilib borish, voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va o‘z joniga qasd va suiqasd qilishning oldini olish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan uchrashuvlarning sifatli va mazmunli o‘tkazilishini nazoratga olish vazifalari topshirildi.


Kiritilgan vaqti: 07/11/2017 08:45;   Ko‘rilganligi: 330
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/seminars-briefings/korruptsiyaga-qarshi-kurashish-togrisidagi-qonun-ijrosi-amalda
Chop etilgan vaqti: 07/12/2019 13:40
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing