Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MATBUOT ANJUMANI -2018

2018 yil 5 iyun kuni Samarqand shahridagi 37-umumta'lim maktabida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev ishtirokida xalq ta'limi tizimida o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish jarayoniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

2018 yil 5 iyun kuni Samarqand shahridagi 37-umumta'lim maktabida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev ishtirokida xalq ta'limi tizimida o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish jarayoniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanini viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari M.Ibodullayev olib bordi. Anjumanda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.D.Yuldashev 2018 yilgi Investitsiya dasturi, o‘quv ishlab chiqarish muassasalari faoliyati, umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilarining metod kunlarida ularga muntazam ravishda amaliy-metodik yordam ko‘rsatib borish, pedagogik mahoratini va kasbiy malakasini oshirib borish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini dars jarayonlariga tatbiq etish, doimiy harakatdagi o‘quv seminarlar o‘tkazib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2018 yil 6 yanvardagi 6-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablar faoliyati, yangi o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinflarning barchasida haftasiga 5 kunlik o‘qish tizimi joriy etilishi, 2018 yil 19-23 iyun kunlari Samarqand shahrida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlaridan o‘tkaziladigan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni, ta'lim muassasalarining AKT bilan ta'minlanishi, darsliklar ta'minoti, yozgi oromgohlarning mavsumga tayyorligi va “Yoz konsepsiyasi” doirasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar, to‘garaklar faoliyati, o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi. Ta'lim muassasasining ingliz tili, biologiya va boshlang‘ich ta'lim fani o‘qituvchilari dars jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish metodlari to‘g‘risida taqdimot qildilar. Matbuot anjumani yakunida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Boshqarma axborot xizmati.


Kiritilgan vaqti: 05/06/2018 16:25;   Ko‘rilganligi: 304
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/seminars-briefings/matbuot-anjumani-2018
Chop etilgan vaqti: 07/12/2019 13:41
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing