Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Sog‘lom turmush – sog‘lom kelajak

2017 yil 2 mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumta'lim maktabida Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Hakimova, FXDYO bo‘limi xodimlari, mahalla faollari, tuman markaziy shifoxonasi shifokorlari, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi hamda umumta'lim maktablarining Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti rahbarlari ishtirokida Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotining “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusidagi viloyat seminari o‘tkazildi.

Tadbirda ta'lim muassasasi direktori D.Ibragimova, tuman markaziy shifoxonasi akusher-ginekologi D.Normatova, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi G.Salimova, mahalla faoli, otinoyi Oybuvi Razzoqova so‘zga chiqib, o‘sib kelayotgan qizlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga rioya etishning ahamiyati to‘g‘risida ma'ruza qildilar.

Maktab gimnastikachi qizlarining chiqishlari, “Orasta qizlar” to‘garagi faoliyati yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.


Kiritilgan vaqti: 25/03/2017 12:24;   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/seminars-briefings/soglom-turmush-soglom-kelajak
Chop etilgan vaqti: 21/04/2019 01:59
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing