Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish – yangi muvaffaqiyatlar omili

2017 yil 4 mart kuni Samarqand shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi davlat ta'lim standartlari monitoringi bo‘limi tomonidan “Ta'lim sifati samaradorligini oshirish” mavzusida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminarda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi davlat ta'lim standartlari monitoringi mutaxassislari, barcha shahar, tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlarining davlat ta'lim standartlariga rioya etish monitoringini metodik ta'minlash kichik guruhi rahbarlari, umumta'lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. 

Seminar yig‘ilishida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi davlat ta'lim standartlari monitoringi bo‘limi boshlig‘i Umar Qarshiboyev “Hududiy xalq ta'limi boshqaruvi organlariga global ta'lim dasturi orqali berilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan ta'lim sifatini oshirishda samarali foydalanish”, Samarqand tumani xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi mudir o‘rinbosari Bahriddin Mardonov “Ta'lim sifatini oshirish va ta'lim muassasalarida metodik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar tartibini ishlab chiqish”, Samarqand tumani xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi davlat ta'lim standartlariga rioya etish monitoringini metodik ta'minlash kichik guruhi rahbari Shoira Negmatova “Ta'lim muassasalari va hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralarining reytingini aniqlash tartibi hamda umumta'lim fanlari bo‘yicha bilimlar bellashuvini tashkil etish” mavzusida ma'ruzalar qilishdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul   qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 04/03/2017 08:48;   Ko‘rilganligi: 148
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/seminars-briefings/talim-sifati-va-samaradorligini-oshirish-yangi-muvaffaqiyatlar-omili
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 03:22
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing