Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

YOSHLARGA ZAMONAVIY BILIM BERISH – DAVR TALABI

2017 yil 15 sentyabr kuni viloyat “Barkamol avlod” markazida “Metodist o‘qituvchilar maktabi” hamda maktabgacha ta'lim muassasalari bo‘yicha “Metodist murabbiylar muassasasi”ga tavsiya etilgan o‘qituvchi va murabbiylar, maktabgacha ta'lim  muassasalari mudiralari va tarbiyachilar ishtirokida  viloyat seminari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida 2017 yil 2 avgust kuni o‘tkazilgan “Umumta'lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta'minlagan holda, 11 yillik o‘rta ta'lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilish to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘qituvchi va murabbiylarning kasbiy va pedagogik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiladigan uzluksiz malaka oshirish tizimini joriy etish mexanizmlari ishlab chiqilib, yangi o‘quv yilidan boshlab amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining  “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishida belgilangan vazifalar, ilg‘or, ijodkor, tashabbuskor, fidoyi o‘qituvchilarni aniqlash, ijodiy faolliginii oshirish, yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘quv-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanib, samarali natijalarga erishayotgan o‘qituvchilarning ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 10 avgustdagi “Xalq ta'limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy-metodik xizmatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 258-sonli, viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2017 yil 12 avgustdagi  198-sonli buyruqlari chiqarilib, tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlariga yetkazildi.

        Ushbu topshiriqlar asosida xalq ta'limi tizimi xodimlarining uzluksiz malaka oshirish jarayonini takomillashtirish maqsadida “Xalq ta'limi xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish respublika Kengashi” va uning tarkibida faoliyat  ko‘rsatuvchi komissiyalar, shuningdek, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi malaka oshirish institutlarida muvofiqlashtiruvchi Kengashlar”, uning tarkibida  “Metodist o‘qituvchilar uyushmalari”, “Metodist murabbiylar uyushmalari” hamda tuman, shaharlarda “Pedagogik muvofiqlashtiruvchi Kengashlar” va uning tarkibida har bir tuman, shaharda 5 ta yo‘nalishlar bo‘yicha bittadan “Zamonaviy ta'lim muassasasi”, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va yangi innovatsion  ishlanmalarni tatbiq etish bo‘yicha bittadan “Metodist o‘qituvchilar maktabi” hamda maktabgacha ta'lim muassasasi yo‘nalishi bo‘yicha bittadan “Metodist murabbiylar muassasasi”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Seminarda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlaridan har bir fan bo‘yicha “Metodist o‘qituvchilar maktabi” hamda maktabgacha ta'lim bo‘yicha “Metodist murabbiylar muassasasi”ga tavsiya etilgan o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etishdi. O‘quv seminarida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Q.Saidov, Metodika bo‘limi boshlig‘i D.Saydullayeva, viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti trener-o‘qituvchilarining ma'ruzalari tinglandi, ko‘rgazmali chiqishlar qilindi. Soha vakillari yoshlarga zamonaviy ta'lim-tarbiya berish usullari haqida ko‘rgazmali ma'ruzalar qilib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.

Mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlarning ijodiy salohiyatlarini, vatanparvarlik tuyg‘ularini va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish, ular qalbida yot g‘oya ta'sirlariga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, mustaqil va erkin fikrlovchi, qat'iy e'tiqodga ega bo‘lgan yuksak bilimli, intellektual salohiyatli, mustaqillik tamoyillariga sodiq, jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlod ongiga chuqur singdirish  o‘qituvchidan chuqur bilim va pedagogik mahoratni talab qiladi.

Ushbu seminar ayni jihatlarni o‘zida mujassam etganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi.


Kiritilgan vaqti: 16/09/2017 08:39;   Ko‘rilganligi: 270
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/seminars-briefings/yoshlarga-zamonaviy-bilim-berish-davr-talabi
Chop etilgan vaqti: 23/11/2019 03:56
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing