Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” nomli bayram tadbirida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.D. Yuldashevning kirish so‘zi

Assalomu alaykum hurmatli va aziz ustozlar, qadrli mehmonlar!

Barchangizni 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami bilan viloyat xalq ta'limi xodimlari nomidan samimiy tabriklayman.

         E'tirof etish joizki,  muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 16 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan,  mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatanimiz obro‘-e'tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e'zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlariga 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirilmoqda.

          Urush va mehnat faxriylari, ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok bo‘lganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O‘zbekistonning barcha o‘g‘lonlari xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Ona Vatan obro‘-e'tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan barcha insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish maqsadida  har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Ushbu farmonga ko‘ra Xotira va Qadrlash kunining umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishini ta'minlash barcha davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, idora va korxonalarning birinchi galdagi vazifasi, barcha O‘zbekiston fuqarolarining or-nomus va vijdon ishi, an'anaviy burchi deb belgilandi.  Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan, Vatanimiz mustaqilligi uchun aziz jonini, bor kuch-quvvatini ayamagan biror bir inson unutilmasligi kerak. Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishi shart. Prezidentimizning ushbu  farmoni  keksalarga ko‘rsatilayotgan beqiyos g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu e'tibor va e'zozdan kuch olib, ruhlanib yana uzoq yillar safimizda sog‘-salomat, yonma-yon turishingizga tilakdoshmiz.

9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami barchangizga muborak bo‘lsin!

5 may, 2018 yil


Kiritilgan vaqti: 07/05/2018 09:49;   Ko‘rilganligi: 191
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/speeches/9-may-xotira-va-qadrlash-kuni-umumxalq-bayramiga-bagishlangan-inson-qadri-ulug-xotira-muqaddas-nomli-bayram-tadbirida-viloyat-xalq-talimi-boshqarmasi-boshligi-rd-yuldashevning-kirish-sozi
Chop etilgan vaqti: 17/09/2019 13:56
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing