Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Saidahmad Usmonovning 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan xalq ta'limi tizimida mehnat qilayotgan ayol o‘qituvchilar hamda o‘quvchi-qizlarga bayram tabrigi

Aziz va muhtarama opa-singillar, hamkasabalar, qadrli o‘quvchi-qizlarim! Bahorning go‘zal ayyomi, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman!
Faxr va iftixor bilan e'tirof etishimiz mumkinki, bugungi kunda viloyat xalq ta'limi tizimida 33257 nafar ayol o‘qituvchilar mehnat qilmoqda. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, ta'lim tizimini, uning kelajagini Siz kabi mehribon, fidoyi va jonkuyar ustozlarsiz, opa-singillarsiz tasavvur qilish qiyin. Siz haqiqatdan ham ona bo‘lib, bolaning ko‘ngliga yo‘l topib, uning qo‘liga qalam tutasiz. Birini o‘g‘lim, birini qizim, deb savodini oshirasiz, bilim berasiz. Aynan Sizning mana shunday mehringiz sabab, o‘quvchilarda onaga, Vatanga, yaqinlarga qalbidagi mehri ortib boradi, eng yaxshi xislatlar Sizdan “yuqadi”. Shu bois Sizning ta'lim-tarbiyadagi o‘rningiz, hissangiz beqiyos. “O‘qituvchi”, deganda, avvalo, Siz kabi lobar ayol ustozlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanishida ham mana shunday haqiqat bor. Bugun umumta'lim muassasalarimizda 348184 nafar o‘quvchi-qizlar ta'lim-tarbiya olmoqda. Ona qizlarim, ko‘zimizning oqu qoralari! Ilm olishda, ulkan muvaffaqiyatlarga erishishda Sizning shijoatingizdan, bilimdonligingizdan hamisha mamnun bo‘lamiz va ishonamizki, bundan keyin ham Sizga ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlikka munosib bo‘lasiz. Hayo-iboda, nafosatda, go‘zal odob-axloqda hamisha namuna bo‘lishingiz istagidamiz. Aziz opa-singillar, qizlarim! Barchangizni yana bir bor bayram bilan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi xodimlari nomidan tabriklayman! Chehrangizdan tabassum arimasin, yaxshi kayfiyat sizni aslo tark etmasin, baxtimizga hamisha sog‘-salomat bo‘ling!

Oxirgi o‘zgarish: 06/03/2020 15:05;   Ko‘rilganligi: 62
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/speeches/samarqand-viloyati-xalq-talimi-boshqarmasi-boshligi-saidahmad-usmonovning-8-mart-xalqaro-xotin-qizlar-kuni-munosabati-bilan-xalq-talimi-tizimida-mehnat-qilayotgan-ayol-oqituvchilar-hamda-oquvchi-qizlarga-bayram-tabrigi
Chop etilgan vaqti: 07/04/2020 22:34
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing