Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim maktablarida 11 yillik ta'limga o‘tish to‘g‘risida

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yuldashevning ma'ruzasi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 avgustdagi yig‘ilishida  berilgan topshiriqlariga binoan O‘zbekiston Respublikasida 11 yillik ta'lim tizimiga o‘tish yuzasidan keng jamoatchilik, ota-onalar hamda o‘quvchilarning talab va istaklari  o‘rganilib, bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Samarqand viloyatida 2016-2017 o‘quv yilida 1223 ta umumta'lim maktablarining 9-sinfini jami 55338 nafar o‘quvchilar bitirdi.

Bunga ko‘ra ota-onalar hamda o‘quvchilardan olingan so‘rovnomalar xulosalari  maktablarda tashkil etilgan (temir) daftarlarga qayd etildi.

55338 nafar 9-sinf bitiruvchilardan 34 nafari turli sabablarga ko‘ra ta'limning keyingi bosqichi bilan qamrab olinmadi.

Mavjud 55304 nafar bitiruvchilardan:

  •  2274 nafari  (4 %) akademik litseylarga;
  •  21528 nafari  (39 %) kasb-hunar kollejlarga;
  •  31502 nafari (57%) umumta'lim maktablarda.

Bugungi kunda 1029 ta umumta'lim maktablarida 10-sinflar tashkil etilib, 1345 ta sinflarda o‘quvchilar dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.

10-sinf o‘quvchilari uchun 22 ta fanlardan darsliklarning elektron shakli tillar kesimida (o‘zbek, rus, tojik) to‘liq ta'minlandi hamda 18 nomdagi 898086 dona o‘quv darsliklari tarqatildi.

 Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilariga ta'lim berish bilan birga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etmaydigan kasb-hunar o‘rgatishga yo‘naltirilgan kasbiy ta'lim jarayonlarini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil                                 5 sentyabrdagi №286-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 10-sinf o‘quvchilariga O‘ICHM (O‘quv ishlab chiqarish majmua)larida 40 ta kasblar yo‘nalishi asosida jami 182 ta o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi.

 124ta kasb-hunar kollejlarida hamda 58 ta uzoq tog‘li-cho‘l hududlarda joylashgan umumta'lim maktablari va maxsus maktab, maktab-internatlarida  o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilib, 10-sinf tashkil etilgan umumta'lim maktablari hamda majmualar tashkil etilgan ta'lim muassasalari o‘rtasida shartnomalar tuzildi.

10-sinf o‘quvchilariga ta'lim berish bilan bir vaqtda o‘zlari tanlagan yunalishlar  bo‘yicha kasb-hunar o‘rganish maqsadida o‘quv ishlab chiqarish majmualariga tajribali va malakali pedagog xodimlar bilan bir qatorda kasbiy ta'lim ustalari jalb etildi.

Xususan, joriy yilning 15 sentyabriga qadar umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari uchun kasblar bo‘yicha o‘quv dasturlarini barcha ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan ta'lim muassasalariga yetkazildi va pedagog xodimlarga umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari uchun kasblar bo‘yicha o‘quv dasturlarini tajriba-sinovdan o‘tkazishda uzluksiz va manzilli amaliy metodik yordam ko‘rsatish tashkil etildi.

Umumta'lim maktablarining 10-sinflarga dars mashg‘ulotlari hamda  o‘quv ishlab chiqarish  amaliyotlarini o‘tish uchun  fan o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyojlar o‘rganib chiqildi. Mavjud ehtiyojlar 2017 o‘quv  yilida  oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan 2259 nafar bitiruvchilar hisobiga bir stavka hisobida 1077 nafar yosh mutaxassislar evaziga qoplandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi №868-sonli ”Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi qarori hamda Samarqand viloyat hokimining 2017 yil 28 oktyabrdagi № 647-Q-sonli, Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi №341-sonli buyrug‘i asosida asosida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari to‘liq shakllantirilib, hozirgi kunda majmualar o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi № 5313 PF-sonli farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab umumta'lim maktablarida ta'lim 11 yillik bo‘lishi qat'iy belgilab qo‘yildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad shuki, balog‘atga yetgan o‘spirin yoshlar o‘z oilasi davrasida, ota-onasining nazoratida bo‘lishi hamda 11-sinfni tugatgach oliy o‘quv yurtida yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni davom ettirishi mumkinligi belgilangan.


Kiritilgan vaqti: 25/09/2017 09:41;   Ko‘rilganligi: 156
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/speeches/samarqand-viloyati-xalq-talimi-boshqarmasi-tasarrufidagi-umumtalim-maktablarida-11-yillik-talimga-otish-togrisida
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 03:13
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing