Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Karimov Zafar Nurullayevich ishtirokida “Xalq ta'limi tizimida Investitsiya dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar tahlili, xorij bilan hamkorlik” mavzusida o‘tkaziladigan matbuot anjumani

    Bugungi kunda viloyat xalq ta'limi tizimida jami  1242 ta ta'lim muassasalari, shundan, 1214 ta umumta'lim maktablari, 9 ta maxsus maktab va maktab-internatlar,                   2 ta Mehribonlik uyi, 17 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyat yuritmoqda.

          2018-2019 o‘quv yilida umumta'lim maktablaridagi 678892 nafar  o‘quvchilarga 49790 nafar pedagoglar ta'lim-tarbiya berishmoqda. O‘qituvchilarning 31389 nafarini (63%) xotin-qizlar tashkil etadi.

         Shundan, 40 703 nafar (81,7 %) oliy, 437 nafar  (0,9 %) tugallanmagan oliy, 8650 nafar (17,4%) o‘rta maxsus ma'lumotli o‘qituvchilardan iborat.

         Toifalar bo‘yicha tahlil qilinganda, pedagoglarning 814 nafari   (1,6 foizi) oliy, 3729  nafari (7,5 foizi) birinchi, 13632 nafari  (27, 4 foizi) ikkinchi va 31615 nafari (63,5 foizi) mutaxassis toifali o‘qituvchilarni tashkil etadi. 

I.INVESTISIYA DASTURLARI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR TAHLILI.   

2018 yilda Davlat dasturlari asosida viloyatda 98 ta (1 ta yangi qurilish,  59 ta kapital rekonstruksiya, 35 ta kapital ta'mirlash va 3 ta joriy ta'mirlash) umumta'lim maktablarida 151,7 mlrd. so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

2018 yil Investitsiya dasturi asosida 41 ta (1 ta yangi qurilish, 27 ta rekonstruksiya, 13 ta mukammal ta'mirlash) umumta'lim maktablarida 88,9 mlrd. so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlari bajarilgan.

“Obod qishloq” dasturi asosida 28 ta (7 ta rekonstruksiya, 18 mukammal ta'mirlash va 3 ta joriy ta'mirlash) umumta'lim muassasalarida 32,3 mlrd. so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyundagi 488-sonli qaroriga asosan qo‘shimcha kiritilgan umumta'lim maktablari qurilishi bo‘yicha 29 ta (25 ta rekonstruksiya, 4 ta mukammal ta'mirlash) maktablarda 38,8 mlrd. so‘mlik ishlar bajarilgan. Bundan tashqari ushbu qaror bo‘yicha 32 ta maktablarga 32,3 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga sport zallari qurilib, foydalanishga topshirildi.

           Davlatimiz rahbarining joriy yil  11 yanvarda Samarqand viloyatiga tashrifi  davomida berilgan  topshiriqlari va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari 3-sonli yig‘ilish BYOYONI  ijrosini ta'minlash yuzasidan viloyat xalq ta'limi tizimida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha belgilangan YO‘L XARITASIga asosan:

          1.Viloyatdagi 278 ta kam quvvatli maktablarni tarmoq maktablariga aylantirish va davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy maktablar tarmog‘ini rivojlantirish orqali samaradorligini oshirish.

  1. Viloyatdagi 442 ta qatnov koeffitsenti 1,5 dan yuqori bo‘lgan maktablarda, jumladan 193 ta paxsa va xom g‘ishtli eski binolarda o‘qishni boshlashga majbur bo‘lgan maktablarda tarmoq maktablari yaratish, qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlari uchun binolar qurish va bo‘shayotgan kasb-hunar kollejlarini maktablarga aylantirish orqali o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish.
  2. Viloyatdagi 203 ta maktab filiallaridagi sharoitlarni bosqichma-bosqich yaxshilash va ular sonini optimallashtirish va to‘laqonli maktabga aylantirish.
  3. Viloyatdagi 282 ta suv ta'minotidagi muammo bor, 661 ta atrofi to‘liq o‘ralmagan, 731 ta oshxonasi yo‘q, 414 ta sport zali yo‘q, 480 ta isitish tizimidagi kamchiliklari mavjud, 644 ta tibbiy punktlari bo‘lmagan maktablaridagi sharoitlarni yaxshilash.
  4. Maktablardagi 8650 nafar o‘rta-maxsus ma'lumotli o‘qituvchilarni (jumladan, ularni maxsus sirtqi kurslarda o‘qitish orqali) bosqichma-bosqich oliy ma'lumotli o‘qituvchilar bilan almashtirish.
  5. Xususiy maktablar sonini kamida 2 barobar oshirish maqsadida ularga aholi turar-joylariga qulay bo‘lgan, jumladan, Urgut, Payariq,

Pastdarg‘om, Tayloq, Jomboy, Oqdaryo va Samarqand tumani markazlarida yer maydonlarini ajratish choralarini ko‘rishni nazarda tutish.

  1. Viloyatdagi 1 va 2-smenali umumta'lim maktablarining mavjud quvvatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, o‘tkazilgan xatlovlar asosida o‘quv muassasalarining sonini istiqbol rejalarini hisob-kitoblar asosida maqbul darajaga keltirish ishlarini amalga oshirish. Bunda 2 ming xonadandon ortiq ko‘p qavatli uylar qurilayotgan massivlarda aholi o‘sishini inobatga olib, 1000 dan ortiq o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan yangi loyihalar asosida maktablar qurilishini inobatga olish vazifalari belgilangan.

2018 yilda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ta'lim muassasalariga 18803 tonna ko‘mir ajratilgan (5520 tonna ko‘mir, 13283 tonna briket). Mazkur mahsulotni xarid qilish uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 6,5 mlrd.so‘m ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  11 oktyabrdagi                  844-F-sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida qo‘shimcha ko‘mir yoqilg‘isi sotib olish uchun 2 mlrd. 781 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, qo‘shimcha 4267,0 tonna ko‘mir yoqilg‘isi ajratilgan.

Samarqand viloyati bo‘yicha 217 ta ta'lim muassasalariga 570 ta zamonaviy energiya tejamkor qozonlar o‘rnatildi.

2019 yil Investitsiya dasturi

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyatida jami 49 ta shundan 1 ta yangi qurilish (Samarqand shahar “Motrid” MFY), 34 ta maktabni rekonstruksiya qilish, 14 ta maktabni kapital ta'mirlash uchun 97,07 mlrd. so‘m pul mablag‘i ajratilishi belgilangan bo‘lib, umumta'lim maktablarida  qurilish-ta'mirlash ishlari davom etmoqda. Bugungi kunda  moliyalashtirilgan mablag‘ 29,2 mlrd. so‘m (30%), qurilish ta'mirlash ishlari 43,7 mlrd.so‘m (45%) ga bajarilgan.       

Samarqand viloyatida yangidan quriladigan, rekonsturksiya qilinadigan va mukammal ta'mirlanadigan umumta'lim maktablarining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan dastlabki Manzilli dasturiga viloyat bo‘yicha jami 376 ta                   (20 ta yangi qurilish, 223 ta rekonstruksiya, 133 mukammal ta'mirlash) ta'lim muassasalari, 420 ta maktablarda sport zallari qurilishi va 296 ta mavjud ta'mirtalab ahvoldagi sport zallarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash uchun 2020-2024 yillarga mo‘ljallanib shakllantirilayotgan manzilli dasturlarga takliflar tayyorlanayapti.   

JIHOZLASH

          2018 yil Investitsiya dasturi bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar doirasida 145 ta umumta'lim muassasalarini jihozlash va qayta jihozlash manzilli dasturi bo‘yicha            1-4 sinflar uchun 418 to‘plamda, 5-11 sinflar uchun 461 to‘plamda parta, stol, stul, doska, shkaf, ya'ni o‘quv jihozlari to‘plami yetkazib berish bo‘yicha viloyat Injiniring kompaniyasi tomonidan 9,3 mlrd. so‘mlik shartnoma imzolangan bo‘lib, bugungi kunda 4,6 mlrd. so‘mlik  jihozlar  yetkazib berilgan.

Mavjud 76 ta maktablarni sport jihozlari bilan ta'minlash uchun 2018 yil Investitsiya dasturiga ajratilgan mablag‘lar doirasida 423,3 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda “STEKLOPLASTIK” MCHJ tomonidan  ushbu o‘quv jihozlari yetkazib berilmoqda.

          Shuningdek, joriy o‘quv yilida Xitoy xalq Respublikasi tomonidan                   185 to‘plam, Koreya granti asosida 67 to‘plam kompyuter o‘quv jihozlari joylarga yetkazildi.

  1. XORIJ BILAN HAMKORLIK

           Bugungi kunda viloyatimizda ham xorijiy hamkorlik doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga Samarqand shahridagi fransuz tilini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 43-, ingliz tili chuqurlashtirib o‘qitiladigan 37- va nemis tilini chuqurlashtirib o‘qitish uchun mo‘ljallangan  51-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarida olib borilayotgan hamkorlik ishlari yaqqol misol bo‘la oladi.

          Xabaringiz bor, 2018 yil 8 sentyabrda Fransiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov va Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida Samarqand shahridagi 43-IDUMga fransuz olimi Lyusyen Keren nomi berildi.

           Shuningdek, joriy yilning 16 yanvar kuni shahrimizdagi 51-IDUMga  nemis faylasufi Vilgelm fon Gumboldt nomi berildi.

          Hamkorlik doirasida Samarqand shahridagi umumta'lim maktablari o‘qituvchilari Fransiya, Germaniya davlatlarida malakasini oshirib kelmoqda.

          Samarqand shahridagi 37-IDUMda Buyuk Britaniyaning Cambridge International University hamda Toshkent shahar «International business studies» markazi bilan hamkorlikda Cambridge International programme o‘quv kurslari  muvaffaqqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Tajribali  o‘qituvchilar jamoasi  ta'lim standartlarining eng oxirgi va zamonaviy usullari bilan har bir darsni qiziqarli va shu bilan bir qatorda samarali olib bormoqdalar.

         “Cambridge International programme statistikasiga ko‘ra, mazkur o‘quv sistemasi tinglovchilarining 100 foizi Ingliz tilini IGCSE sertifikatini olish uchun o‘rganadi. Shundan,  85 foizini Xalqaro oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun o‘rganadiganlar tashkil qiladi.

        “Cambridge International programmeo‘quv kurslarini bitirganlar ingliz tilini mukammal bilish, yuqori balli sertifikatga ega bo‘lish, Xalqaro oliy ta'lim muassasalarining (MDIS,WIUT, INHA, Turin) Toshkentdagi filiallari talabasi bo‘lish, chet elda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

        Cambridge International programme o‘quv kurslarida tajribali va yuqori malakali o‘qituvchilar individual yondashgan holda dars beradi. O‘qituvchilarning shaxsiy natijalari eng kamida 7,5 balli (IELTS) sertifikatini tashkil qiladi. O‘quvchilarning bajargan vazifalari maxsus kompyuter dasturi yordamida tekshiriladi va o‘quvchilar reyting ball yig‘ib boradi. Darslar hafta davomida 5 kun 4 ish soatidan olib boriladi. Haftaning shanba kunlarida bepul qo‘shimcha darslar va  «Speaking club» da ishtirok etishadi.

         PISA XALQARO TADQIQOTLARI BO‘YICHA

          The Programme for International Student Assessment (PISA) – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun mo‘ljallangan xalqaro dastur bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni har tomonlama hayotga tayyorlashdir.  

          Joriy yil 18-22 fevral kunlari Moskva shahrida Jahon banki va Rossiya trening markazi bilan hamkorlikda “Ta'lim sifatini baholash tizimida xalqaro solishtirma tadqiqotlar – maktab ta'limini takomillashtirish mexanizmi sifatida” mavzusida o‘tkazilgan seminar-treningda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Ta'lim muassasasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G‘.Boboxolov ishtirok etib, Rossiya trening markazining  sertifikati bilan taqdirlandi. (Mavzu bo‘yicha axborot beriladi).

Oxirgi o‘zgarish: 20/05/2019 09:37;   Ko‘rilganligi: 107
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/speeches/viloyat-xalq-talimi-boshqarmasi-boshligi-karimov-zafar-nurullaevich-ishtirokida-xalq-talimi-tizimida-investitsiya-dasturlari-boyicha-amalga-oshiriladigan-ishlar-tahlili-xorij-bilan-hamkorlik-mavzusida-otkaziladigan-matbuot-anjumani
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 03:13
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing