Самарқанд вилояти
Халқ таълими бошқармаси
w w w . s a m x t b . u z

 

MAKTAB JAMOASI YANGI MARRALARNI EGALLAYDI

"Besh tashabbus maktabda" festivali doirasida tayyorlangan "Mehrimizni kitob bilan ulashamiz" loyihasi Respublikada faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgani fikrimizning yaqqol dalilidir. E'tirof sabab maktabimiz kutubxonasi 140 turdagi badiiy adabiyotlar bilan boyidi. Rangli printer va kompyuter jamlanmasi endilikda ziyo maskaniga beminnat xizmat ko'rsatishiga ishonchimiz komil.

Sinf rahbarining nasihatlariga amal qilgan har qanday o'quvchi o'zining go'zal fazilatlari bilan atrofdagilar nazariga tushadi, hurmatiga sazovor bo'ladi. O'qituvchi ham o'z navbatida bir-biriga fe'li, harakati o'xshamagan, betakror 25-35 nafar "farzandi"ga bor mehrini, qalb qo'rini beradi, ularga o'z ota-onasi kabi jon kuydiradi. Tarbiya, avvalo, ana shunday zahmatkash, fidoyi sinf rahbarlari ta'sirida o'quvchilarga singib boradi. Bejizga, kitobni tarbiyaning oltin qanoti demadik. Sinf rahbarining mashaqqatli mehnatida u beminnat do'st. Bolalarda badiiy kitob mutolaasini shakllantira olgan o'qituvchi ma'lum ma'noda uzluksiz tarbiya tizimini yaratgan hisoblanadi. Chunki, avvaliga rahbarining "majburlash"i ta'sirida kitob o'qiy boshlagan bola, bora-bora bunga ko'nikadi, qiziqadi. Keyinchalik ana shu mutolaa ta'sirida orttirgan bilimlari asqata boshlaganda u ustozining mehnatini anglab yetadi. Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahridagi 17-ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o'rta ta'lim maktabida faoliyat ko'rsatayotgan barcha sinf rahbarlari o'quvchilarida kitob mutolaasini shakllantira olgan, desam mubolag'a bo'lmaydi. 2018-2019-o'quv yilida "Kitobxon maktab" ko'rik-tanlovining faol ishtirokchisi bo'lgan jamoamiz uchun bu o'quv yili ham muvaffaqiyatli boshlandi. "Besh tashabbus maktabda" festivali doirasida tayyorlangan "Mehrimizni kitob bilan ulashamiz" loyihasi Respublikada faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgani fikrimizning yaqqol dalilidir. E'tirof sabab maktabimiz kutubxonasi 140 turdagi badiiy adabiyotlar bilan boyidi. Rangli printer va kompyuter jamlanmasi endilikda ziyo maskaniga beminnat xizmat ko'rsatishiga ishonchimiz komil. Bunday tashabbuslar bor joyda yuksalish, albatta, davom etaveradi. Biz ustozlar esa yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanishimiz kerak. Ayni paytda hurmatli vazirimiz Sherzod Xotamovich va "Besh tashabbus maktabda" festivalining barcha tashkilotchilariga maktabimiz jamoasi nomidan minnatdorligimizni bildiramiz. Bunday e’tibor, g‘alaba, shubhasiz, maktabimiz jamoasini yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga chorlaydi.

Mahliyo JAKBAROVA, Kattaqo'rg'on shahridagi 17-IDUM o'qituvchisi

"Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi-2019" ko'rik-tanlovining respublika bosqichi g'olibi.


Охирги ўзгариш вақти: 02/02/2020 06:36;   Кўрилганлиги: 95
 
Материал манзили: http://samvxtb.uz/press/events/maktab-jamoasi-yangi-marralarni-egallaydi
Чоп этилган вақт: 28/02/2020 00:58
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг