Самарқанд вилояти
Халқ таълими бошқармаси
w w w . s a m x t b . u z

 

Kelgusi yilda Samarqand viloyatining 282 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi

Kelgusi yilda Samarqand viloyatining 282 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi - zarnews.uz

Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazida “Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish – ta’lim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat hududiy bo‘limi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i R.Yuldashev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonov va boshqalar so‘zga chiqib, xalq ta’limi tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish, umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida fikr bildirishdi.

Kelgusi yilda Samarqand viloyatining 282 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi - zarnews.uz

Ta’kidlandiki, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchining salohiyati, o‘quvchi ta’lim-tarbiyasiga munosib baho berishning muhim amaliyotlaridan biri bu tashkil etiladigan attestatsiyalardir. Darhaqiqat, ushbu yo‘nalishda qonunchilikka muvofiq amalga oshirilgan muhim o‘zgarishlarni ham alohida qayd etish lozim. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarini attestatsiyadan o‘tish davriyligi 9 yildan 5 yilga, attestatsiya davomiyligi esa 10 kundan 3 kungacha qisqartirildi. Shuningdek, maktablarni 2020-2024 yillarda attestatsiyadan o‘tkazish grafigi tasdiqlanib, attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari ishlab chiqildi.

- Endilikda attestatsiya komissiyasi tuman yoki shahar hokimligi tomonidan emas, balki bevosita tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan belgilanadi, - dedi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i R.Yuldashev. - Belgilab qo‘yilganidek, 2020 yilda Respublika bo‘yicha 2514 ta, viloyatimiz bo‘yicha esa 282 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.

O‘quv-seminarda aytilgan masalalar, ilgari surilgan taklif va tavsiyalarni viloyat xalq ta’limi muassasalari o‘qituvchilariga yetkazish maqsadida joriy yilning 7-8-9 noyabr kunlari tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlari, umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish belgilandi.


Охирги ўзгариш вақти: 09/11/2019 06:50;   Кўрилганлиги: 136
 
Материал манзили: http://samvxtb.uz/press/news/kelgusi-yilda-samarqand-viloyatining-282-ta-umumiy-orta-talim-maktablari-attestatsiya-va-davlat-akkreditatsiyasidan-otkaziladi
Чоп этилган вақт: 23/02/2020 00:22
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг