Самарқанд вилояти
Халқ таълими бошқармаси
w w w . s a m x t b . u z

O‘ynab gapirilsa ham, o‘ylab gapirish kerak

O‘ynab gapirilsa ham, o‘ylab gapirish kerak - zarnews.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hokimbuva Navoiy poyiga, o‘qituvchilar hokim buva poyiga gul qo‘yadi!” mavzusida chop etilgan axborot tarqalgandi.

Garchi, muallifi ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, bu xabar alamzadalik, pala-partish xulosalar bilan yozilgani bilinib turibdi. Buni yozgan kishi agar o‘qituvchi bo‘lsa, uning o‘zbek tili bayramiga nopisand munosabati bizni hayron qoldirdi.

Birinchidan, bu bayram katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega. U bilan bog‘liq tadbirlar viloyat, shahar gazetalarida bir hafta oldin e’lon qilingan. Prezidentimizning bayram munosabati bilan chiqargan qarori asosida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar ishga, o‘qishga xalaqit bergan emas. Chunki o‘zbek ziyolisi o‘z ona tili bayramini katta g‘urur bilan o‘tkazadi. Bilmadik, sizga buning nimasi yoqmadi?

2019 yil 21 oktyabr kuni barcha maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida insholar tanlovi yakunlandi. G‘oliblar taqdirlandi, shoirlar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bunday haroratli, mazmunli ishlarni ko‘ra olmaslik sizning saviyangizni, dunyoqarashingizni ko‘rsatib turibdi.

Ikkinchidan, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish tadbiri shahar emas, balki viloyat hokimligi tomonidan tashkil etildi. Unda Toshkentdan taniqli olim va shoirlar, san’atkorlar va viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Maktab, kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlaridan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari qatnashdi.

Uchinchidan, Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish o‘zbek tilida so‘zlashuvchi millatning, shu tilni o‘rgatuvchi muallimning muqaddas burchi emasmi? Har bir maktabda 4-5 nafar adabiyot muallimi bor, ularni bu tadbirga taklif etishning nimasi yomon? Bu tadbir dars kabi katta saboq. Soat 11:00da boshlangan tadbirning bolalaringizni bog‘cha yoki maktabga kuzatishingizga nima aloqasi bor?

To‘rtinchidan, tekshirishlar haqida kuyunib yozibsiz. Aslida haqiqatdan ham xalq ta’limi tizimidagi kamchiliklar aynan nazoratning yo‘qligi, nomigagina o‘tkazilgan tekshirishlar oqibati ekanini bilmaysizmi?

To‘g‘ri, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va shahar xalq ta’limi bo‘limiga yangi rahbarlar tayinlangach, tasodifiy o‘rganishlar o‘tkazilyapti. Yaqinda uning natijasi bilan keng ommani tanishtiramiz.

Qolaversa, hozir hech kim sizni darsdan qoldirgan emas. Aksincha, borgan kishi darsingizga kirib o‘tiradi. Agar darsingizni yaxshi o‘tsangiz, nimadan qo‘rqasiz?

Ona tilimizni qadrlash hammamizning burchimiz. Gul hokimga emas, Navoiy haykali poyiga, uning o‘zbek adabiy tilining rivojiga qo‘shgan hissasi uchun qo‘yildi.

Keyin marafon haqida gapiribsiz. Samarqand shahri kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bu tadbir ish vaqtigacha o‘tkazildi.

Nafsilambirini aytganda, til bayrami yaxshi o‘tdi. Sababi o‘sha kuni Prezidentimiz “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Agar shuni ham tushunib yetmasangiz, buyog‘i vijdoningizga havola.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.

Охирги ўзгариш вақти: 26/10/2019 15:22;   Кўрилганлиги: 48
 
Материал манзили: http://samvxtb.uz/press/news/oynab-gapirilsa-ham-oylab-gapirish-kerak
Чоп этилган вақт: 20/11/2019 19:23
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг