Самарқанд вилояти
Халқ таълими бошқармаси
w w w . s a m x t b . u z

VAZIR BILAN UCHRASHUV

Ushbu o‘quv yilining boshlanishi maktabimiz o‘quvchilariga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Boisi, ta’lim maskanimizga O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tashrif buyurdi. 

Sinfimizga vazir kirganida, hammamiz hayajonga tushib qoldik. Vazir o‘z tashrifi doirasida – sinfimiz o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan qutladi. Bizning o‘tgan o‘quv yilida erishgan yutuqlarimiz bilan qiziqdi. Ular bizdan kelgusida kim bo‘lmoqchiligimiz, nimalarga qiziqishimiz haqida so‘radilar. Men xorijiy tillarni o‘rganishga havasim balandligi, til o‘rganib, ulkan natijalarga erishish maqsadim ekanligini bildirdim. Ushbu tashrifdan barchamizning boshimiz ko‘kka yetdi. Maktabimizning o‘qituvchi­yu o‘quvchilari vazir bilan bo‘lgan ilk suhbatni hali uzoq vaqt eslab yurishadi.

Komila QURBONOVA, Samarqand shahridagi 45-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Охирги ўзгариш вақти: 25/09/2019 16:19;   Кўрилганлиги: 72
 
Материал манзили: http://samvxtb.uz/press/news/vazir-bilan-uchrashuv
Чоп этилган вақт: 20/11/2019 18:31
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг