samxtb.uz http://samvxtb.uz/ru/ http://samvxtb.uz/ru/ Wed, 18 Sep 2019 03:21:01 GMT <![CDATA[Новости / Paxtachi tumani 17-maktab o‘quvchisi Osiyo chempioni bo‘ldi!]]> http://samvxtb.uz/ru/press/news/paxtachi-tumani-17-maktab-oquvchisi-osiyo-chempioni-boldi http://samvxtb.uz/ru/press/news/paxtachi-tumani-17-maktab-oquvchisi-osiyo-chempioni-boldi Samarqand viloyati, Paxtachi tumani 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Buriyev Hayotbek joriy yilning sentyabr oyida Malayziya davlatining Kuala Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan sportning Shinkiokushinkay Karate turi bo‘yicha Osiyo chempionatida qatnashdi va o‘z vazn toifasida raqiblaridan mutlaqo ustunlik bilan Osiyo chempioni bo‘ldi. 

]]>
Tue, 10 Sep 2019 14:41:22 GMT 2
<![CDATA[Новости / Пахтачи тумани 17-мактаб ўқувчиси Осиё чемпиони бўлди!]]> http://samvxtb.uz/ru/press/news/paxtachi-tumani-17-maktab-oquvchisi-osiyo-chempioni-boldi http://samvxtb.uz/ru/press/news/paxtachi-tumani-17-maktab-oquvchisi-osiyo-chempioni-boldi Самарқанд вилояти, Пахтачи тумани 17-умумий ўрта таълим мактабининг 11-синф ўқувчиси Буриев Ҳаётбек жорий йилнинг сентябр ойида Малайзия давлатининг Куала Лумпур шаҳрида бўлиб ўтган спортнинг Шинкиокушинкай Каратэ тури бўйича Осиё чемпионатида қатнашди ва ўз вазн тоифасида рақибларидан мутлақо устунлик билан Осиё чемпиони бўлди. 

]]>
Tue, 10 Sep 2019 14:41:22 GMT 2
<![CDATA[Новости / Korrupsiya – jamiyat kushandasi]]> http://samvxtb.uz/ru/press/news/korruptsiya-jamiyat-kushandasi http://samvxtb.uz/ru/press/news/korruptsiya-jamiyat-kushandasi Hozirda xar bir rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarni barqarorlik bilan taraqqiy etishiga “Korrupsiya” illati qarshilik ko‘rsatib kelmoqda. Shu boisdan xam korrupsiyaga qarshi kurashish butun dunyo mamlakatlarining dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda.

Quyida ushbu illatning ayrim salbiy oqibatlari haqida fikr yuritamiz.

“Korrupsiya” termini lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, uning etimologik ma'nosi “buzish, sotib olish” - degan ma'noni bildiradi. Ya'ni korrupsiya – siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli hodisa, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishidir. Korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ich-ichidan yemirishi jahondagi ba'zi davlatlar tajribasidan yaxshi ma'lum.

]]>
Mon, 09 Sep 2019 14:43:17 GMT 2
<![CDATA[Новости / Коррупция – жамият кушандаси]]> http://samvxtb.uz/ru/press/news/korruptsiya-jamiyat-kushandasi http://samvxtb.uz/ru/press/news/korruptsiya-jamiyat-kushandasi Ҳозирда хар бир ривожланган ва ривожланаётган давлатларни барқарорлик билан тараққий этишига “Коррупция” иллати қаршилик кўрсатиб келмоқда. Шу боисдан хам коррупцияга қарши курашиш бутун дунё мамлакатларининг долзарб муаммоси бўлиб қолмоқда.

Қуйида ушбу иллатнинг айрим салбий оқибатлари ҳақида фикр юритамиз.

“Коррупция” термини лотинча “corruptio” сўзидан келиб чиққан бўлиб, унинг этимологик маъноси “бузиш, сотиб олиш” - деган маънони билдиради. Яъни коррупция – сиёсат ва давлат бошқаруви соҳасидаги ижтимоий хавфли ҳодиса, давлат функцияларини бажариш ваколатига эга бўлган ёки уларга тенглаштирилган шаxсларнинг ноқонуний тарзда моддий ва бошқа бойликлар, имтиёзларни олишда ўз мақоми ва у билан боғлиқ имкониятлардан фойдаланиши, шунингдек, бу бойлик ва имтиёзларни жисмоний ёки юридик шахслар қонунга хилоф равишда эгаллашига имкон беришидир. Коррупция ва порахўрлик давлатни ич-ичидан емириши жаҳондаги баъзи давлатлар тажрибасидан яхши маълум.

]]>
Mon, 09 Sep 2019 14:43:17 GMT 2
<![CDATA[Новости / Xalq ta'limi vaziri ishtixonlik o‘quvchilar bilan uchrashdi]]> http://samvxtb.uz/ru/press/news/xalq-talimi-vaziri-ishtixonlik-oquvchilar-bilan-uchrashdi http://samvxtb.uz/ru/press/news/xalq-talimi-vaziri-ishtixonlik-oquvchilar-bilan-uchrashdi Xalq ta'limi vaziri ishtixonlik o‘quvchilarga nima dedi? - zarnews.uz

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov yosh avlodning kompyuter, musiqa, adabiyot va san'atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kitobxonlik hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Ishtixon tumanidagi 2 va 94-umumta'lim maktablari faoliyati bilan tanishdi.

]]>
Sat, 07 Sep 2019 14:46:19 GMT 2
<![CDATA[Новости / Халқ таълими вазири иштихонлик ўқувчилар билан учрашди]]> http://samvxtb.uz/ru/press/news/xalq-talimi-vaziri-ishtixonlik-oquvchilar-bilan-uchrashdi http://samvxtb.uz/ru/press/news/xalq-talimi-vaziri-ishtixonlik-oquvchilar-bilan-uchrashdi Халқ таълими вазири иштихонлик ўқувчиларга нима деди? - zarnews.uz

Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазири Шерзод Шерматов ёш авлоднинг компьютер, мусиқа, адабиёт ва санъатга бўлган қизиқишларини янада ошириш, китобхонлик ҳамда соғлом турмуш тарзини тарғиб этиш мақсадида Иштихон туманидаги 2 ва 94-умумтаълим мактаблари фаолияти билан танишди.

]]>
Sat, 07 Sep 2019 14:46:19 GMT 2
<![CDATA[Новости / Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik]]> http://samvxtb.uz/ru/press/news/butun-kuchni-xalq-ichidan-olaylik-quchoq-ochib-maktablarga-boraylik http://samvxtb.uz/ru/press/news/butun-kuchni-xalq-ichidan-olaylik-quchoq-ochib-maktablarga-boraylik Samarqand viloyatida “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiori ostida

 Respublika ishchi guruhi o‘z ishini boshladi  

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari mavzusida bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida maktab ta'limini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish jamiyatimizda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilishi zarur ekanligi belgilangan.

Joylarda barcha rahbarlar va mutasaddilar “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiorini dasturilamal qilib, maktab ta'limini rivojlantirishga yo‘naltirilgan buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga yetakchilik qilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasidagi ishlarni tizimli tashkil etish va ko‘zlangan pirovard natijalarga erishilishini ta'minlash, bu borada hududlardagi mas'ullarning faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirish, islohotlar samaradorligini ta'minlash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta'lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llash ishlarini tashkil etish maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov boshchiligidagi ta'lim tizimiga mas'ul 40 dan ortiq vazirlik, tegishli boshqarma va tashkilot mutasaddilaridan iborat Respublika ishchi guruhi  viloyatimizda o‘z ishini boshladi. 

Bugun xalq ta'limi tizimida islohotlar samaradorligini ta'minlash,   o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta'lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni takomillashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi rahbarlari Jomboy tumanida ham bo‘lishdi.

 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Hotamjon Ketmonov va Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonov hamda ishchi guruh a'zolari tomonidan ikki kun mobaynida tumandagi 18 ta maktablarning faoliyati tahliliy o‘rganildi.

Tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning xalq ta'limi tizimida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflari olindi.

         O‘rganish davomida o‘quv-uslubiy va ma'naviy-ma'rifiy, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

         O‘rganishlar joylarda davom etadi.

 

]]>
Fri, 06 Sep 2019 14:52:30 GMT 2
<![CDATA[Новости / Бутун кучни халқ ичидан олайлик, қучоқ очиб мактабларга борайлик]]> http://samvxtb.uz/ru/press/news/butun-kuchni-xalq-ichidan-olaylik-quchoq-ochib-maktablarga-boraylik http://samvxtb.uz/ru/press/news/butun-kuchni-xalq-ichidan-olaylik-quchoq-ochib-maktablarga-boraylik Самарқанд вилоятида “Бутун кучни халқ ичидан олайлик, қучоқ очиб мактабларга борайлик” шиори остида

 Республика ишчи гуруҳи ўз ишини бошлади  

 

Ўзбекистон Республикаси Президенти раислигида жорий йил 23 август куни Ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш ва жамиятда ўқитувчи мавқеини ошириш чора-тадбирлари мавзусида бўлиб ўтган видеоселектор мажлисида мактаб таълимини ривожлантириш буюк умуммиллий мақсадга, умумхалқ ҳаракатига айланиши, устозларга юксак ҳурмат-эҳтиром кўрсатиш жамиятимизда олий қадрият даражасига кўтарилиши зарур эканлиги белгиланган.

Жойларда барча раҳбарлар ва мутасаддилар “Бутун кучни халқ ичидан олайлик, қучоқ очиб мактабларга борайлик” шиорини дастуриламал қилиб, мактаб таълимини ривожлантиришга йўналтирилган буюк умуммиллий мақсадга, умумхалқ ҳаракатига етакчилик қилиши лозимлиги кўрсатиб ўтилди.

Давлатимиз раҳбари томонидан берилган топшириқлар ижроси доирасидаги ишларни тизимли ташкил этиш ва кўзланган пировард натижаларга эришилишини таъминлаш, бу борада ҳудудлардаги масъулларнинг фаолиятини тўғри ташкиллаштириш, ислоҳотлар самарадорлигини таъминлаш, ўқитувчиларнинг касбий маҳоратини ошириш, таълим сифати назоратини кучайтириш ҳамда тарбия соҳасида замонавий услубларни қўллаш ишларини ташкил этиш мақсадида ташкил этилган Ўзбекистон Республикаси Бош вазири ўринбосари А.Абдуҳакимов бошчилигидаги таълим тизимига масъул 40 дан ортиқ вазирлик, тегишли бошқарма ва ташкилот мутасаддиларидан иборат Республика ишчи гуруҳи  вилоятимизда ўз ишини бошлади. 

Бугун халқ таълими тизимида ислоҳотлар самарадорлигини таъминлаш,   ўқитувчиларнинг касбий маҳоратини ошириш, таълим сифати назоратини кучайтириш ҳамда тарбия соҳасида замонавий услубларни такомиллаштириш бўйича республика ишчи гуруҳи раҳбарлари Жомбой туманида ҳам бўлишди.

 Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси бошлиғининг биринчи ўринбосари Ҳотамжон Кетмонов ва Тошкент давлат аграр университети ректори, академик Ботиржон Сулаймонов ҳамда ишчи гуруҳ аъзолари томонидан икки кун мобайнида тумандаги 18 та мактабларнинг фаолияти таҳлилий ўрганилди.

Тизимда фаолият юритаётган ўқитувчилар билан суҳбат ўтказилиб, уларнинг халқ таълими тизимида таълим сифати ва самарадорлигини ошириш бўйича таклифлари олинди.

         Ўрганиш давомида ўқув-услубий ва маънавий-маърифий, ободонлаштириш ишлари бўйича аниқланган камчиликларни бартараф этиш юзасидан амалий таклиф ва тавсиялар берилди.

         Ўрганишлар жойларда давом этади.

 

]]>
Fri, 06 Sep 2019 14:52:30 GMT 2
<![CDATA[Новости / QO‘SHRABOTDA MAKTABLAR SONI YANA BITTAGA KO‘PAYDI]]> http://samvxtb.uz/ru/press/news/qoshrabotda-maktablar-soni-yana-bittaga-kopaydi http://samvxtb.uz/ru/press/news/qoshrabotda-maktablar-soni-yana-bittaga-kopaydi Bugun o‘quvchilar, ayniqsa, birinchi sinfga qadam qo‘ygan jajji bolajonlar uchun hayajonli bo‘lgan “Bilimlar kuni” tadbirlari Qo‘shrabot tumanida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Boshlangan yangi o‘quv yilida 2588 nafar qo‘shrabotlik bolajonlar ilk bor 1-sinfga qadam qo‘ydi. Ularning barchasiga “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
Shu paytga qadar tumanda 88 ta maktab faoliyat yuritib, ushbu ta'lim muassasalarida 26 mingga yaqin o‘quvchi ta'lim-tarbiya olib kelardi.
Bugun “Bilimlar kuni” tadbirlari doirasida tumanning Qo‘shrabot mahallasida joylashgan sobiq Qo‘shrabot tuman iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji binosida yangi tashkil etilgan 89-maktab o‘z faoliyatini boshladi.
Bino ta'mirlanib, yangi o‘quv yiliga maktab o‘quvchilari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Mazkur maktab tashkil etilgach, 50 nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi hamda 398 nafar o‘quvchi ta'lim-tarbiya olishni boshladi.
Bundan tashqari, mukammal ta'mirdan chiqarilgan 48-maktab, rekonstruksiya qilingan 41- va 32- maktab o‘quvchilari uchun ham yangi binolarda ta'lim-tarbiya olishni boshlashdi.

]]>
Thu, 05 Sep 2019 14:59:01 GMT 2
<![CDATA[Новости / ҚЎШРАБОТДА МАКТАБЛАР СОНИ ЯНА БИТТАГА КЎПАЙДИ]]> http://samvxtb.uz/ru/press/news/qoshrabotda-maktablar-soni-yana-bittaga-kopaydi http://samvxtb.uz/ru/press/news/qoshrabotda-maktablar-soni-yana-bittaga-kopaydi Бугун ўқувчилар, айниқса, биринчи синфга қадам қўйган жажжи болажонлар учун ҳаяжонли бўлган “Билимлар куни” тадбирлари Қўшработ туманида ҳам кўтаринки кайфиятда ўтди. Бошланган янги ўқув йилида 2588 нафар қўшработлик болажонлар илк бор 1-синфга қадам қўйди. Уларнинг барчасига “Президент совғаси” топширилди.
Шу пайтга қадар туманда 88 та мактаб фаолият юритиб, ушбу таълим муассасаларида 26 мингга яқин ўқувчи таълим-тарбия олиб келарди.
Бугун “Билимлар куни” тадбирлари доирасида туманнинг Қўшработ маҳалласида жойлашган собиқ Қўшработ туман иқтисодиёт ва сервис касб-ҳунар коллежи биносида янги ташкил этилган 89-мактаб ўз фаолиятини бошлади.
Бино таъмирланиб, янги ўқув йилига мактаб ўқувчилари учун зарур шарт-шароитлар яратилди. Мазкур мактаб ташкил этилгач, 50 нафарга яқин янги иш ўринлари яратилди ҳамда 398 нафар ўқувчи таълим-тарбия олишни бошлади.
Бундан ташқари, мукаммал таъмирдан чиқарилган 48-мактаб, реконструкция қилинган 41- ва 32- мактаб ўқувчилари учун ҳам янги биноларда таълим-тарбия олишни бошлашди.

]]>
Thu, 05 Sep 2019 14:59:01 GMT 2